Tadbirlar


14-yanvar Vatan himoyachilari kuni! Vatanparvarlikni men qanday tushunaman? mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

14-01-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi F-5614-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2020 yil 18 dekabrdan 2021 yil 18 yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning

25-bandiga muvofiq Samarqand viloyati yuridik texnikumda “Vatanparvarlikni men qanday tushunaman ?” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

 Tanlov 2021 yil 13 yanvar sanasida yuridik texnikumning Axborot resurs markazi o‘qish zali hamda “Ma'naviyat va ma'rifat xonasi”da katta tantana bilan o‘tkazildi. Tanlov adolatlilik, oshkoralik va xolislik prinsiplariga qat'iy rioya etgan holda tashkil etildi va alohida nazoratga olindi. Tanlovda yuridik texnikumning 50 nafar o‘quvchilari o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

 Samarqand viloyati yuridik texnikum yoshlar bilan ishlash bo‘limi.

 

Qishki ta'til davri - xodimlarning o‘z ustida ishlashi, ruhiy tetiklashishi uchun katta imkoniyat davridir !

07-01-2021

2021 yil 7 yanvar kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchi-xodimlari ishtirokida "Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish"  mavzusida stress holatlarini yengish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

 Trening mashg‘ulotini yuridik texnikum psixologi Ismailova Nafisa olib borib, mavzuga oid o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Treningning maqsadi pedagoglarning emotsional zo‘riqishini yengillashtirish, stressogen holati darajasini aniqlash, emotsional holatni boshqarish usullarini hosil qilish, kayfiyatni yaxshilash usullarini o‘rgatish, deb hisoblandi.

 Treningda olib borilgan “Tanishuv” mashqida trener mashqni birinchi bo‘lib boshladi,  koptokni ushlab turib, o‘z ismini aytdi va o‘ziga taalluqli xarakter xususiyatini gapirib o‘tdi, bunda xususiyat ismining bosh harfidan kelishi kerak bo‘ldi.

 “Ko‘zguda salomlashish” mashqida ishtirokchilar aylana bo‘ylab guruh bilan so‘z va harakatlar orqali so‘rashdilar, qolganlar o‘zlarini ko‘zgu deb tasavvur qilib, ko‘rganlarini aks ettirdilar.

 Trening so‘ngida faol ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirildi.

 Samarqand viloyati yuridik texnikumi.

 

“Qishki ta'til paytida o‘qituvchilar bilan o‘tkaziladigan o‘quv-amaliy seminarlar”

04-01-2021

2020 yilning 28 dekabo kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Qishki ta'til paytida o‘qituvchilar bilan o‘tkaziladigan o‘quv-amaliy seminarlar” jadvaliga muvofiq “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri dots.G‘ulomov Akmaljon Shukurillayevich “Kafedra o‘qituvchilarining o‘quv tusdagi soatlarni bajarishlari va hisobot yuritishlarini tartibi” mavzusida ma'ruza qildi.

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti kengashining 2020 yil 6 noyabrdaginavbatdan tashqari 3-son majlis bayoniga1-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari” haqida hujjatning mazmuniga to‘xtalib o‘tildi. Seminarda o‘quv tusdagi soatlarning hajmi, uning bajarilishi bilaan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Seminar jarayonida texnikumning barcha o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 Samarqand viloyati yuridik texnikumi.

 

Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi

29-12-2020

Kirib kelayotgan Yangi - 2021 yilingiz muborak bo‘lsin !

        Bugun Samarqand viloyati yuridik texnikumida kasaba uyushmasi hamda yoshlar bilan ishlash bo‘limi  tashabbusi bilan texnikumdagi barcha o‘qituvchi-xodimlar, ishchi-xizmatchilar uchun yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

         Bayramda yuridik texnikum direktorining birinchi o‘rinbosari O.Toshniyozov, direktorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Siddiqov, direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov hamda 50 nafar o‘qituvchi-xodimlar ishtirok etdi.

O.Toshniyozov hamda jamoaning faol a'zolari yig‘ilganlarni Yangi-2021 yil bilan qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. Yakunda yig‘ilganlarning barchasiga yuridik texnikum kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi

 

Texnikumda dars jarayonlaridan lavhalar.

24-12-2020

 2020 yil 24 dekabr' kuni II-juftlik dars mashg‘ulotida Samarqand viloyati yuridik texnikumining “Ommoviy huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi F.Sodiqov tomonidan texnikumning 202-guruh o‘quvchilariga “O‘rta asrlarda O‘zbekiston xududida davlat va huquqning rivojlanishi” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bunda o‘quvchilarga o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududida davlat va huquqning rivojlanishi bosqichlari va tarixi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berib borildi.

Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga, Eftalitlar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy tuzumi,Turk hoqonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi (551-744 y.y.),Arablar istilosi va Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy tuzumi (VII-VIII asrlar), Islom huquqining asosiy belgilari va xususiyatlari hamda ushbu davr davlatlarining ijtimoiy tuzumi, aholining yashash tarzi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi, kabi masalalar yuzasidan ma'lumotlar berib borildi.

Dars mashg‘uloti so‘ngida uquvchilarga mavzu yuzasidan taqdimot hamda mavzuga oid videoroliklar taqdim etildi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг