Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Umumiy ma'lumotlar

Samarqand viloyat yuridik texnikumi haqida umumiy ma'lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1998 yil 13 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarori 1-bandi, 2003 yil 29 oktyabrdagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi № 473-sonli qarori va Samarqand viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2008 yil 13 maydagi № 68-sonli buyrug‘i asosida Samarqand huquqshunoslik kolleji tashkil topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi    PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 1 tadan kasb-hunar kollejlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga aylantirildi, shu jumladan Samarqand huquqshunoslik kolleji O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Samarqand viloyati yuridik kollejiga qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5812-son farmoni bilan Samarqand viloyati yuridik texnikumi sifatida tashkil etildi.

Mazkur texnikum O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori va 2020 yil 29 apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018 yil 23 oktyabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”, 2020 yil 30 oktyabrdagi 677-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari asosida faoliyat yuritadi.

Yuridik texnikumlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYUU deb yuritiladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari lavozimi bo‘yicha yuridik texnikumlari direktorlari hisoblanadi.

Texnikum 900 o‘ringa ega bo‘lib, barcha-shart sharoitlarga ega 200 o‘rinli “O‘quvchilar yashash uyi”ga ham ega.

Texnikumda jami 51 nafar o‘qituvchi-pedagog hamda ishchi xodimlar mehnat qilib kelmoqda. (10 nafari ma’muriyat, 15 nafari o‘qituvchi, 9 nafari texnik xodim va 17 nafari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar)

Texnikumda bugungi kunda 4 nafar yuridik fanlari nomzodi, dotsenti hamda 11 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Texnikum axborot-resurs markazida jami 22567 ta kitob mavjud bo‘lib, shundan, 11 393 tasi maxsus darslik va o‘quv adabiyotlari, 4833 tasi umumta’lim fanlar bo‘yicha darslik va adabiyotlar, 1954  tasi badiiy adabiyotlar,
2444 tasi boshqa turdagi adabiyotlarni tashkil etadi.

/uploads/TEXNIKUMNING MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI HAQIDA MA’LUMOT.ppt 

O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlari to‘g‘risida

MA’LUMOT

https://adliya.uz/inner-page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-idoraviy-huj/ozbekiston-respublikasi-adliya-vazirligi-tizi-cg6k  

https://adliya.uz/inner-page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-idoraviy-huj/korrupsiya-ga-karshi-kurashish-buyicha-idoraviy-xu 

https://adliya.uz/inner-page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-idoraviy-huj/korrupsiya-ga-karshi-kurashish-buyicha-idoraviy-xu 

https://adliya.uz/inner-page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-idoraviy-huj/korrupsiya-ga-karshi-kurashish-buyicha-idoraviy-xu 

https://adliya.uz/inner-page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-idoraviy-huj/korrupsiya-ga-karshi-kurashish-buyicha-idoraviy-xu 

https://adliya.uz/inner-page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-idoraviy-huj/korrupsiya-ga-karshi-kurashish-buyicha-idoraviy-xu 


Последнее редактирование: 08/01/2025 19:00;   Просмотров: 8658
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/texnikum-haqida/general-info
Чоп этилган вақт: 25/01/2025 06:21
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг