Tadbirlar
"PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI" TAVSILOTLARI HAQIDA

2021 yil 3 mart kuni Samarqand viloyati adliya boshqarmasida viloyat prokuraturasi, viloyat adliya boshqarmasi, advokatlar palatasi xodimlari hamda Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuvni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i-yuridik texnikum direktori S.Nuriyev olib bordi. Tadbirda viloyat prokurori o‘rinbosari S.Mustafaqulov, viloyat advokatlar palatasi boshqarmasi boshlig‘i T.Qodirov hamda boshqa hamkor tashkilot vakillari (Bandlik boshqarmasi, Markazy bank, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi va boshqa) ishtirok etdi.zUchrashuvda o‘quvchilarga prokuratura va advokatura sohasidagi islohotlar, yangiliklar hamda yoshlar muammolarini yechimlari bilan bog‘liq faoliyatlari tanishtirildi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflariga atroflicha javoblar olishdi.
Jumladan, o‘quvchilar tomonidan advokatlar palatasi xodimlari tomonidan texnikumda "Yosh advokatlar" to‘garagini tashkil etish, Bosh prokuratura gazetasi bo‘lmish "Huquq" gazetasiga bepul obunani tashkil etish, o‘quvchilarga ta'lim kreditlarini ajratish, amaliyotlarni tashkil etish hamda o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalaridagi murojaatlari batafsil ko‘rib chiqildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunida tadbirda faol ishtirok etgan 10 nafar o‘quvchilarga kitoblar jamlanmalari estalik sovg‘a sifatida topshirildi hamda kelgusida bunday uchrashuvlarni doimiy o‘tkazib borilishi belgilandi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Zulfiyaxonim izdoshlarimiz !" shiori ostida "Orasta qizlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi !

Tadbir atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazildi. Unda texnikumning iqtidorli o‘quvchi-qizlari 4 shart asosida o‘z mahoratlarini ko‘rsatdi.
Ko‘rik-tanlovda hududdagi "Sartepo", "Yangiqo‘rg‘on" hamda "Zargartepa" MFYlari raislarining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ham ishtirok etib, o‘quvchilar chiqishlarini baholab bordi.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: 101-guruh o‘quvchisi - Rayimova Laylo;
2-o‘rin: 104-guruh o‘quvchisi - Rabbonova Nargiza;
3-o‘rin: 103-guruh o‘quvchisi - Ismatova Farzonaxon;
3-o‘rin: 106-guruh o‘quvchisi - Adilova Nilufar;
Shuningdek, tadbirda faolligi, zukkoligi hamda iqtidori bilan ajralib turgan 102-guruh o‘quvchisi - Abdusalomova Guli hamda 105-guruh o‘quvchisi - Mardonova Dildoralarga ham tashakkurnoma va estalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir tashkilotchilari: G.Mamanazarova, N.Ismailova, G.Isoqova hamda F.Sodiqov, F.Allayorov.
1 mart - O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun.

muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar - salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.
Yirik o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, hassos she'riyati bilan millionlab qalblarni maftun etgan shoira 1996 yilning 1 avgustida vafot etdi.
Sheriyat malikasining hayot yo‘li barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qolaveradi.
"Yeng iqtidorli o‘quvchi" Respublika ko‘rik tanlovi Samarqand viloyati yakuniy bosqichi !

.
Mini futbol bo‘yicha "Adliya boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi

Mini futbol bo‘yicha "Adliya boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqalari yakunlandi...
2021 yil 11-18 fevral kunlari Samarqand viloyati yuridik texnikumida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Adliya boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqalari o‘tkazildi. Unda yuridik texnikumning 11 ta jamoasi ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqalarda ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-kurs, 102-guruh o‘quvchilariga;
1-kurs, 103-guruh o‘quvchilariga;
2-kurs, 207-A-guruh o‘quvchilariga nasib etdi.
Musobaqa yakunlarig ko‘ra:
-Eng yaxshi hujumchi - 102-guruh o‘quvchisi - Maxmudov Kamronbek Muhammad o‘g‘li;
-Eng yaxshi yarim himoyachi - 207-guruh o‘quvchisi - Asadov Abubakir Vohobjon o‘g‘li;
-Eng yaxshi himoyachi - 103-guruh o‘quvchisi - Raximov Shaxboz Sayfulla o‘g‘li;
-Eng yaxshi darvozabon - 207-A-guruh o‘quvchisi - Xudoyberdiyev Azizjon Olimjon o‘g‘li deb topildi.
G‘oliblar musobaqa tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.