Qabul qilish, chetlatish, qayta tiklash, kursdan qoldirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, kasb-hunar ma’lumotiga ega malakali mutaxassislar, raqobatbardosh yuridik kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikum) faoliyati yanada takomillashtirilganligi, shu jumladan, mazkur Farmonning:
- a) 3-bandiga muvofiq yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirish tartibi joriy etilganligi;
- b) 15-bandiga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul tartibi joriy etilishi;
- v) 17-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik texnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash, yuridik texnikumlarga to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari va o‘qish qiymatini tasdiqlash, yuridik texnikumlarda o‘qish muddatlari va shaklini belgilash hamda ularning xodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash vakolatlari berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Belgilansinki:
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYUU) huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida «yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda to‘plash mumkin bo‘lgan umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini to‘plab, o‘qishga tavsiya etilmagan abiturientlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadi;
yuridik texnikumlarda o‘quv yuklamasi hajmi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
yuridik texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari TDYUU tomonidan tasdiqlanadi;
yuridik texnikumlar pedagog va rahbar xodimlarining xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashlari ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq malakasini oshirishga tenglashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari — yuridik texnikum direktorlariga alohida mehnat sharoitlari uchun yuridik texnikumning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ularning tegishli hududiy adliya organidagi lavozim maoshlariga nisbatan 100 foizgacha bo‘lgan ustama to‘lanishi mumkin;
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizomning amal qilishi, kreditlarni bakalavriat talabalari uchun belgilangan shartlarda ajratish orqali, yuridik texnikum o‘quvchilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
- Belgilab qo‘yilsinki:
- a) qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlariga abiturientlarni qabul qilish hamda bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari TDYUU tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
- b) qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlaridagi o‘quv jarayoni to‘lov-kontrakt asosida xorijiy hamkorlarning talablarini hisobga olgan holda, TDYUU tomonidan tasdiqlangan shakl, o‘quv reja va o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
- v) qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt miqdori TDYUU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
- g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari — yuridik texnikum direktorlariga byudjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan) mablag‘lar hisobidan:
xorijiy mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi kon’yunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
yuridik texnikum xodimlarini xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy va boshqa tashkilotlarda stajirovka o‘tash hamda malaka oshirishga yuborish huquqi beriladi;
- d) TDYUU va yuridik texnikumlarda avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti, normativlari va ularga xizmat ko‘rsatish talablari tegishlicha TDYUU va yuridik texnikumlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
- a) bir oy muddatda:
yuridik texnikumlar ustavlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
yuridik texnikumlarning shtat jadvallari va xarajatlar smetalari;
ta’lim berishning kredit-modul tizimi sharoitida pedagog xodimlarning tarkibi mehnatini me’yorlashtirish, ish vaqtini faqat o‘quv tadbirlariga asoslangan holda amalga oshirish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlarini (sarflanadigan vaqt me’yorlarini) TDYUU tomonidan tasdiqlanishini;
yuridik texnikumlarda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbati normativlari va yuridik texnikumlarda o‘quv yuklama hajmi, shuningdek TYUDU tomonidan yuridik texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlarini tasdiqlanishini;
- b) uch oy muddatda yuridik texnikumlarda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimini qo‘llagan holda tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 mayga qadar yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni YAIDXP orqali qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari joriy etilishini ta’minlasin.
- YUridik texnikumlarda o‘quv-metodik jarayonni sifatli muvofiqlashtirishni ta’minlash, ularga amaliy va axborot-resurs jihatdan ko‘maklashish maqsadida TDYUUga 1 ta mikroavtobus va 2 ta navbatchi xizmat engil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. Bunda, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar TDYUUning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020 yil 30 oktyabr,
677-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2020-y., 09/20/466/1164-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi 2-ilovaga muvofiq;
O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi 3-ilovaga muvofiq;
O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tizimida o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar va texnikumlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ta’lim muassasalarining ustavlarini ishlab chiqsinlar hamda ularning faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasinlar.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlash tartibi 2021/2022 o‘quv yilidan joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-avgust,
466-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limni (keyingi o‘rinlarda professional ta’lim deb ataladi) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
- O‘zbekiston Respublikasida professional ta’lim “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasida professional ta’lim — iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozoridagi kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida shaxslarning ta’lim olishiga mo‘ljallangan.
- Professional ta’limni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi.
- Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
boshlang‘ich professional ta’lim — YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda Xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
kasb — maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir;
kasbiy kompetensiya — bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati;
kasb-hunar maktabi — Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari;
kvalifikatsiya — kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi darajasi;
kollej — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari;
kompetensiya — bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui;
ko‘nikma — muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat;
mutaxassislik — biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui;
professional standart — xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari;
professional ta’lim — ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi;
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi — Xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik darajalari, o‘qitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan ta’lim dasturi;
ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami;
ta’lim standarti — ta’lim hajmi va mazmunini, bitiruvchilar umumiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning zarur va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni hamda baholash darajalarini belgilaydigan me’yorlar va talablar majmui;
texnikum — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari;
umumiy kompetensiya — bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati;
o‘rta maxsus professional ta’lim — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
o‘rta professional ta’lim — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
o‘qitishning dual tizimi — ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan o‘qitish turi;
o‘quv rejasi — professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
o‘quv dasturi — professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;
o‘quv jarayonining grafigi — ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.
2-bob. Professional ta’limning maqsadi va vazifalari
- Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida ta’lim olishga bo‘lgan talablarini qondirish professional ta’limning maqsadi hisoblanadi.
- Quyidagilar professional ta’limning vazifalari hisoblanadi:
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini qondirish;
mehnat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
ta’lim olish bilan birgalikda o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida o‘z biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, professional ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
shaxslarning professional ta’lim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bilim olish, shuningdek, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan o‘tish imkoniga ega bo‘lish sharoitlarini yaratish;
professional ta’lim olish orqali shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanishga bo‘lgan individual ehtiyojlarini qondirish, o‘quvchilarda vatanparvarlikni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularda mas’uliyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish.
3-bob. Professional ta’limni tashkillashtirish
- Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan va tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan professional ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar professional ta’lim muassasalari toifasiga kiradi.
- Professional ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida xalqaro professional ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Xalqaro (davlatlararo) professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Professional ta’lim muassasasini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
- Professional ta’lim muassasalari xususan, kasb-hunar maktablari nomlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan kollejlar va texnikumlarning nomlari esa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda belgilanishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
- Professional ta’lim muassasasi o‘z tarkibida filiallar, kafedralar, bo‘limlar, o‘quv xonalari va laboratoriyalar, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va xo‘jaliklari, texnoparklar, o‘quv maydonchalari (poligonlar), yotoqxonalar, umumiy ta’lim dasturlarini, professional ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar, ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari bo‘ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Professional ta’lim muassasasining filiali mazkur professional ta’lim muassasasi idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tashkil etiladi va tugatiladi. Professional ta’lim muassasasining filiali ushbu Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
- Professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari doirasida professional ta’lim beriladi, o‘quvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va ko‘nikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaxassisliklarga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
- Ta’lim standarti talablarini bajarish, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar (xorijiy ta’lim muassasasi filiallari bundan mustasno) barcha professional ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
- Professional ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim standarti namunasi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim standartlari asosida kasblar va mutaxassisliklarning malaka talablari ishlab chiqiladi.
- Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklar malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish uchun Vazirlik, tegishli vazirliklar va idoralar, tayanch professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislaridan iborat tarkibda mualliflar jamoasi shakllantiriladi.
Ta’lim standartlari va malaka talablari tegishli kasb va lavozimlarning professional standartlari yoki malaka talablari asosida ishlab chiqiladi.
Tayanch professional ta’lim muassasalari ro‘yxati Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ta’lim jarayoniga joriy etiladi.
Ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini takomillashtirish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ish beruvchi tashkilotlarning takliflariga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun Vazirlik tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda professional ta’limning maxsus dasturlari ishlab chiqiladi.
- Ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini joriy etish, muvofiqlashtirish hamda unga metodik rahbarlik qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
- Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribani o‘rgangan holda professional ta’lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Professional ta’lim tizimida o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish tartibi, joriy etiladigan kasblar va mutaxassisliklar hamda to‘planadigan kreditlar hajmi bo‘ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
- Professional ta’lim muassasalarida asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash Vazirlikning ruxsati asosida amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalari ushbu ta’lim dasturlarini tegishli turdagi professional ta’lim muassasalari uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
- Professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar, rahbar kadrlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda ish beruvchilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
- Professional ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga (davlat ta’lim muassasalari uchun), o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
- Professional ta’lim muassasalarining ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
- Professional ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo‘lgan talabini, manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Boshqa joylardan kelgan o‘quvchilarga, imkoniyatga qarab, professional ta’lim muassasalari uchun yotoqxonalar tashkil etiladi.
Yotoqxonalarda o‘quvchilarning yashash uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori (bepul foydalanishda bo‘ladigan yotoqxonalar bundan mustasno) professional ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashda o‘z vakolatlari doirasida yordam ko‘rsatadilar va kasb-hunar maktablari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar.
- Professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va xodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar qonun hujjatlari, shuningdek, professional ta’lim muassasasining ustavi asosida belgilanadi.
- Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi.
Ta’lim shakllari Vazirlik tomonidan tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan kelishgan holda belgilanadi.
Sirtqi va kechki ta’lim shakllarini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- Professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kvalifikatsiyalarni egallash, jumladan, traktorchi, kombayn operatori, “V” yoki “VS” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini va shu kabilarni olish istagidagi aholining turli qatlamlari uchun o‘qitish muddati 6 oydan oshmagan intensiv va qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etilishi mumkin.
Mazkur o‘quv kurslari bitiruvchilariga belgilangan tartibda tashkil etilgan imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlaganidan so‘ng kelgusida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat yoki guvohnoma beriladi.
- Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori asosida belgilanadi.
- Professional ta’lim muassasalari kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadilar.
Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
- Professional ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida o‘qitishning dual tizimi asosida tashkil etilishi mumkin. O‘qitishning dual tizimi joriy etiladigan professional ta’lim muassasalari, kasblar yoki mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik bilan kelishgan holda tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
O‘qitishning dual tizimini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- Professional ta’lim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish va tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik tomonidan mehnat bozorining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan va tarmoq vazirliklari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, kadrlar buyurtmachilarining takliflaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
- Professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul ko‘rsatkichlari va o‘quvchilarni qabul qilish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- O‘quvchilar o‘qitish kurslari bo‘yicha guruhlarga, o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha esa — bo‘limlarga hamda texnikumlarda kafedralarga birlashtiriladi.
Professional ta’lim muassasasi o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruzalar shaklida o‘tkazilganda o‘quvchilar guruhlarini birlashtirishi mumkin.
- Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra guruhlarni to‘ldirish kamida 12 nafar va eng ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchilar doirasida belgilanadi.
Zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish xarajatlarining qoplanishidan kelib chiqib, guruhdagi o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lishi mumkin.
Kasb-hunar maktablari boshlang‘ich professional ta’lim bosqichidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda guruhlardagi o‘quvchilar soni kamida 26 nafar etib belgilanadi.
- O‘quvchilarning o‘quv yuklamasi, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining hajmi, semestrlar soni, beriladigan ta’tillar va o‘quv jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari professional ta’limning tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Professional ta’limning o‘quv reja va dasturlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tanlangan professional ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari tajriba-sinovdan o‘tkazilishi hamda natijalar bo‘yicha xulosalar qabul qilinishi mumkin.
- O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun professional ta’lim muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda quyidagi tartibda o‘qitishga ruxsat etiladi:
o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
chet tili;
informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari;
jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 13 nafar yigit yoki qiz bo‘lganda) mashg‘ulotlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan guruhlarda qoraqalpoq tili o‘quv rejasidagi ona tili va adabiyoti faniga ajratilgan soatlar hisobidan, ta’lim rus guruhlarida olib boriladigan guruhlarga o‘zbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida o‘zbek tiliga qo‘shimcha soat ajratilgan holda o‘qitiladi. Boshqa tillarda olib boriladigan guruhlarda o‘zbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida qoraqalpoq tiliga qo‘shimcha dars soati ajratiladi.
- Vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari asosida professional ta’limning tibbiyot, ta’lim (musiqa xodimi) yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus mutaxassislik fanlarining amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi.
Ta’lim (musiqa xodimi) yo‘nalishlari bo‘yicha yakka tartibdagi o‘quv mashg‘ulotlari tayyorlov yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ayrim kasbiy fanlarni o‘zlashtirish murakkabligidan kelib chiqqan holda kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ishlab chiqiladigan namunaviy o‘quv rejalarida belgilanadi.
O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish (o‘quv amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi. O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmachilarning qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishiga ruxsat etilishi mumkin.
- Ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ta’lim standarti asosida professional ta’lim muassasalarida bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga baho berish;
o‘quv rejasi va dasturlarining ta’lim standartiga muvofiqligini tahlil qilish.
- Nazorat qilishning bosh vazifasi ta’lim standarti buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish hisoblanadi.
- Ta’lim standarti talablarining buzilganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
- Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
ichki nazorat — Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratni tashkil etish uchun professional ta’lim muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga shtat birliklari ajratilishi mumkin.
tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
- O‘quvchilarni professional ta’lim muassasalarida o‘qitish professional ta’lim tizimining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan o‘zaro hamkorligi asosida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining korxonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish, ish beruvchilarni o‘quv jarayoniga, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishga jalb etish;
professional ta’lim sohasida o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalarini professional ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
ish beruvchilar bilan birga ishlab chiqarish uchastkalari, qo‘shma va unitar korxonalar tashkil etish asosida malakali kadrlarni tayyorlashning dual tizimini rivojlantirish;
tashkil etilgan ishlab chiqarish uchastkalari, qo‘shma va unitar korxonalarda o‘quvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzularini taklif etish jarayoniga korxona, tashkilot va boshqa ish beruvchilarni jalb qilish hamda ushbu bitiruv malakaviy ishlarida erishilgan natija va yechimlarni yoki ijrochi-bitiruvchilarning o‘zlarini bunday loyihalarni joylarda amalga oshirishda ishtirokini ta’minlash;
ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlari bevosita ishlab chiqarishda amalga oshirilishiga erishish, ishlab chiqarishdagi malakali mutaxassislar – ishlab chiqarish vakillarini ta’lim jarayoniga jalb etish.
- Professional ta’lim muassasasida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan o‘quvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ushbu diplom olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi.
Oldin ta’lim olgan kasb yoki mutaxassislik doirasida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatlar beriladi.
Bitiruvchilarga belgilangan tartibda tegishli razryadlar belgilanadi.
- Professional ta’lim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi diplom, sertifikat, guvohnoma va akademik ma’lumotnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat namunasidagi hujjatlarni to‘ldirish, saqlash, bitiruvchilarga berish va hisobini yuritish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
- Davlat attestatsiyasidan o‘tmagan bitiruvchilarga malaka talab etilmaydigan ish o‘rinlariga joylashish huquqini beradigan ma’lumotnoma beriladi. Mazkur o‘quvchilar 3 yil davomida davlat attestatsiyasi faoliyat ko‘rsatayotgan davrda qayta davlat attestatsiyasidan o‘tishlari mumkin.
3 yil davomida davlat attestatsiyasidan o‘tmagan bitiruvchilar tegishli kursda qayta o‘qishlari mumkin.
4-bob. O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish
- O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
- O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash o‘quvchining (o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘quvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti bo‘lmaganda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yig‘ma jildi asosida ko‘rib chiqiladi.
- O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
- Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
- Boshlang‘ich professional ta’lim dasturida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini umumiy o‘rta ta’limning 10 yoki 11 sinflarida yoki boshqa boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarida ta’limni davom ettirishi uchun o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.
Umumta’lim maktablarida o‘qishni davom ettirish istagidagi o‘quvchilarning arizalari tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan o‘quvchining umumta’lim maktablarida o‘qishni davom ettirishini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga yuboriladi.
O‘qishni ko‘chirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional ta’lim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional ta’lim muassasasiga ko‘chirish Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi.
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.
- O‘rta professional ta’lim dasturlari doirasida o‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bo‘ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
- O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tegishli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining xulosasiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
- O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘qishi bir ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga ko‘chirilishi mumkin.
- O‘qishni qayta tiklash o‘quvchi ta’lim olgan tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
O‘quvchi oldin o‘qigan kasb yoki mutaxassislik to‘xtatilgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra turdosh kasb yoki mutaxassislikka yoki mazkur ta’lim muassasasida tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘lmasa, uning o‘qishi Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa ta’lim muassasasiga tiklanishi mumkin.
- O‘quv kursini tamomlash yakunlari bo‘yicha o‘quvchini navbatdagi kursga o‘tkazish, takroriy yilga qoldirish yoki o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
- O‘quvchini kursdan-kursga o‘tkazish, kursda qoldirish yoki o‘quvchilar safidan chiqarish professional ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Professional ta’lim dasturlari bo‘yicha akademik qarzdorlikka (o‘zlashtirmaslikka) ega bo‘lgan yoki o‘quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan o‘tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan bo‘yicha “qoniqarsiz” yakuniy yillik baho olgan) o‘quvchilari Pedagogik kengashning qarori bo‘yicha tegishli ta’lim dasturida takroran o‘qish uchun kursda qoldirilishi mumkin.
O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta topshirishga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish orqali ruxsat beriladi.
O‘quvchi takroran o‘qish uchun kursda qoldirilganda uning o‘qigan o‘quv yili uchun to‘lagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran o‘qiyotgan kursi uchun yangidan to‘lov amalga oshiriladi.
- Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
o‘qishi boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
o‘rta yoki o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar safidan o‘z xohishiga ko‘ra chiqarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganda;
professional ta’lim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
vafot etganligi sababli;
uzrsiz sabablarga ko‘ra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.
- O‘rta yoki o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar quyidagi sabablarga ko‘ra o‘quvchilar safidan chetlashtirilganda professional ta’lim muassasasi tomonidan uning o‘qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to‘lovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi:
o‘z xohishiga binoan;
o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
o‘quvchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
- Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga akademik ta’til berish tartibi Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Professional ta’lim muassasasi tashabbusi bilan o‘quvchilarni kasallik, ta’til, akademik ta’til yoki tug‘ruq ta’tillari paytida ta’lim muassasasi o‘quvchilari safidan chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11-bob. Qayta tashkil etish va tugatish
- Texnikumni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 7-son, 49-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2017-yil 1-maydagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 18-son, 324-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2020-y., 09/20/466/1164-son)
Последнее редактирование: 05/03/2021 12:52; Просмотров: 7432
Чоп этилган вақт: 25/01/2025 06:21