Tadbirlar
SHAXMAT SPORT TURI BO‘YICHA YURIDIK TEXNIKUM OCHIQ CHEMPIONATI BOSHLANDI !

2021 yil 6 aprel kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Faollar zali"da sportning shaxmat turi bo‘yicha ochiq chempionat musobaqalari boshlandi.
Musobaqani halqaro toifadagi FIDE ustasi Sobirov Odiljon Sobirovich kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni shaxmat qoidalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi.
SAMARQAND YURIDIK TEXNIKUMINING "STREET LAW" JAMOASI HUQUQIY TARG‘IBOT ISHLARINI DAVOM ETTIRMOQDA.

2021 yil 2 aprel kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumining "Street law" jamoasi Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi.
Jamoa 3 ta guruhga bo‘lingan holda umumta'lim maktabining 8-,9-,10-sinflarida mashg‘ulotlarni oli bordi.
SAMARQAND VILOYATI, URGUT TUMANIDA "ADLIYA SAYLI" TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun 31 mart kuni Urgut tumani "Markaziy istirohat bog‘i"da aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Adliya sayli” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga 50 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari jalb etildi. Shu qatori Samarqand viloyati yuridik texnikumining 40 nafar faol o‘quvchilari hamda o‘qituvchilaridan iborat jamoa ham tadbirda faol ishtirok etdi.
Xususan, yuridik texnikumning "Street law" jamoasi fuqarolarga ko‘cha huquqi qoidalari haqida tushunchalar bergan bo‘lsa,12 nafar iqtidorli o‘quvchilardan iborat jamoa "Zakovat" intellektual o‘yinlarida Urgut tuman aholsidan tashkil topgan jamoalar bilan bellashdi.
Shu bilan birga "Adliya sayli"da yuridik texnikumning 25 nafar volontyor o‘quvchilari 700 dan ortiq fuqarolar o‘rtasida huquqiy madaniyat darajasini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma va testlar o‘tkazdi.
"Adliya sayli"da aholi kayfiyatini yanada ko‘tarishga qaratilgan madaniy tadbirlarda texnikumning iqtidorli o‘quvchilari Aliqulov Sherxon, Ziyodullayeva Maftuna hamda Fayziyev Javlonlar o‘zlarining chiqishlari bilan yig‘ilganlarni manzur etdi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Xokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2021 yil 12 mart kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Xokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Akram Egamov hududdagi uyushmagan yoshlar hamda yuridik texnikum o‘quvchilarining savollariga atroflicha javob qaytarib, ularni qiynayotgan muammolarni ko‘rib chiqish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas'ullariga ko‘rsatmalar berdi.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i-yuridik texnikum direktori Nuriyev Salohiddin Samadovich hamda Advokatlar palatasi boshqarmasi boshlig‘i Qodirov Toxir Qodirovich so‘zga chiqib, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida Samarqand shahar "Xusenov K.M" advokatlar hay'ati advokati Muxtorova Ozoda Axmedjanovna, Samarqand viloyat yuridik texnikum bo‘lim boshlig‘i Mamanazarova Gulbahor Yusupovna so‘zga chiqib, ayollar berilayotgan e'tibor va e'tirof uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Shundan so‘ng tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator jonkuyar, fidoyi xodimlar viloyat adliya boshqarmasining faxriy yorliq va estalik sovhalari topshirildi.