Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumida Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi.

09-02-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta'minlash, ajdodlar merosini asrab avaylash hamda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida 2021 yil 9 fevral kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Navoiy siymosi va asarlari sahnada” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yuridik texnikumning iqtidorli va ijodkor 1-bosqich o‘quvchilari ishtirok etib, yig‘ilganlarni bugungi tadbirning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini g‘azal, ruboiy, sahna ko‘rinishlari hamda boshqa ijodiy ko‘rinishlar orqali havola etdi.

Tadbirda texnikumning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Toshniyozov so‘zga chiqib, bugungi tadbirni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan texnikumning monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i G.Mamanazarova, texnikum psixologi (N.Ismoilova), yoshlar bo‘limi uslubchisi (F.Sodiqov), Axborot texnologiyalari va o‘qitishning texnik vositalari bo‘limi yetakchi mutaxassisi(F.Allayorov)  hamda axborot resurs markazi rahbari (G.Isoqova)larga o‘z minatdorchiligini bildirdi va  bayram bilan barchani qutladi.   

 

Yoshlar markazida “Bolalar Press Klubi” tashkil etildi

02-02-2021

Yoshlar markazi binosida Samarqand shahar Sardorlar Kengashi tomonidan respublika buyrug‘iga ko‘ra, “Bolalar Press Klubi” tashkil etildi.

“Bolalar press klubi” spikerlari SamD CHTI talabasi Samadova Marjona, Yuridik texnikumi 1-kurs talabasi Nosirova Dinara, Samarqand viloyat “Ittifoq” yo‘nalish sardori Hasanov Xurshedjon, Samarqand shahar “Ittifoq” sardori Djamolov Javlon.

 Bugungi press klubda 100 nafardan ortiq yoshlar qatnashib, 30 nafarga yaqin yoshlardan ajoyib loyiha va takliflar berishdi.

Press klubda faol qatnashganlar Tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandi

 

Samarqandda "Adliya va yoshlar uchrashuvi" ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi !

30-01-2021

2020 yil 29 yanvar kuni Samarqand viloyati adliya boshqarmasi katta majlislar zalida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Xusan To‘xtayev hamda yuridik texnikum o‘quvchilari, SamDU yuridik fakultet talabalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda yuridik texnikum o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 Shuningdek, uchrashuvda texnikum o‘quvchilari tomonidan "Sayyor sudlar"ni texnikum sud zalida ham o‘tkazilishi, sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Adliya boshqarmasi boshlig‘i kubogi"ni tashkil etish, tumun (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan texnikumda "Kitob sovg‘a qilish aksiyasi"ni o‘tkazish kabi takliflar ham berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi. 

 Shu bilan birga, uchrashuvda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda rivojlantirish maqsadida "Anglashinuv memorandumi" imzolandi.  

 

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Kubogi o‘tkazildi

18-01-2021

Joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Samarqand viloyat yuridik texnikumida futbol musobaqasi – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Kubogi o‘tkazildi.  Mazkur musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Ular:

1.Boshqarma boshlig‘i jamoasi;

2.Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari jamoasi;

3.Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari jamoasi;

4.Sharqiy tumanlar adliya bo‘limlari jamoasi;

5.G‘arbiy tumanlar adliya bo‘limlari jamoasi;

6.Samarqand viloyat yuridik texnikumi jamoasi;

7.Davlat xizmatlari agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi jamoasi;

8.Notariuslar jamoasi.

Jamoalar  “A” va  “B” guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.

Mazkur musobaqada bo‘lib o‘tadigan o‘yin jarayonlarini boshqarish maqsadida Samarqand viloyat “Mini-futbol” (Futzal) Assotsiatsiyasi bosh hakami Ismatov Muzaffar Raxmatovich jalb etildi.

    Ikki kun davomida murosasiz kechgan bellashuvda quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

     3-o‘rinni Samarqand viloyat yuridik texnikumi jamoasi,

     2-o‘rinni Boshqarma boshlig‘i jamoasi,

      Va nihoyat 1-o‘rin Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari jamoasiga nasib etib, Boshqarma boshlig‘i Kubogini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning final bahsi boshqarma boshlig‘i jamoasi hamda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

            Bundan tashqari, mazkur musobaqada ishtirok etgan jamoalarga, shuningdek eng yaxshi ishtirok etgan qatnashchilarga boshqarma boshlig‘i tomonidan Tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.

 

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni! Vatanparvarlikni men qanday tushunaman? mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

14-01-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi F-5614-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2020 yil 18 dekabrdan 2021 yil 18 yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning

25-bandiga muvofiq Samarqand viloyati yuridik texnikumda “Vatanparvarlikni men qanday tushunaman ?” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

 Tanlov 2021 yil 13 yanvar sanasida yuridik texnikumning Axborot resurs markazi o‘qish zali hamda “Ma'naviyat va ma'rifat xonasi”da katta tantana bilan o‘tkazildi. Tanlov adolatlilik, oshkoralik va xolislik prinsiplariga qat'iy rioya etgan holda tashkil etildi va alohida nazoratga olindi. Tanlovda yuridik texnikumning 50 nafar o‘quvchilari o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

 Samarqand viloyati yuridik texnikum yoshlar bilan ishlash bo‘limi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг