Tadbirlar
Bugun taniqli olim, dotsent Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vatandoshimiz Jo‘rabek Xamidov texnikumga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida J.Xamidov Respublika huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim muassalari xodimlari hamda talabalari ishtirokida vebinarda o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Vebinarda "Internetda dastur himoyasi qonuni" , “O‘yin qonunii” va “Savdo belgisi” haqida ma'lumotlar berildi.
Jo‘rabek Xamidov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Lindenvud Universiteti (Lindenwood University)da tahsil olgan. Nyu Yorkning Peys Universiteti (Pace University)da davlat boshqaruv magistri unvonini olgan. Shuningdek, Kaliforniyaning Berkeley huquq maktabi (Berkeley School of Law)ni tamomlab, huquq magistri unvonini olgan.
Seminar Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berganimizdek, Bugun Samarqand viloyati yuridik texnikumida 2020/2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziligi boshlandi. .test sinovlari har bir
5 oktyabr kuni 2 smenada (1-smena soat 09.00 dan 12.00 ga qadar, 2-smena soat 14.00 dan 17.00 ga qadar) o‘tkaziladi.
1-smenada 540 nafar abituriyentlar qatnashish istagini bildirgan. Test sinovlarini to‘liq shaffof hamda adolatli o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida jami 10 dona videokamera, 40 nafar nazoratchilar hamda Davlat test markazining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, sinovlar pandemiya sharoitini inobatga olgan holda har bir abituriyentga qo‘lqop, maska taqdim etilib, antiseptik vositalar bilan dizenfeksiya qilindi.
Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omad tilaymiz!
1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 29 sentyabrdagi 465-sonli buyrug‘iga asosan 1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan, shuningdek malakalai huquqshunos kadrlarni tayyorlash ishidagi alohida hissasi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Samarqand viloyat yuridik texnikumi o‘qituvchisi Daniyarova Nilufar Dustmurodovna O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Faxriy yorlig‘i” va bayram sovg‘asi bilan taqdirlandi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Daniyarova Nilufar Dustmurodovnani ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etgan holda uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi ayyomi munosabati bilan bayram tabrigi!

Samarqand viloyati yuridik texnikumi jamoasi sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!
Shu munosabat bilan, Samarqand viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi bayramiga bag‘ishlangan “Sen - qudrat manbai, saodat maskani jonajon O‘zbekistonim !” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtiroki, o‘quvchilarning har tomonlama chuqur bilim egallashlari hamda ta'limda yangi pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashdagi jonbozliklari uchun quyidagi xodimlari direktorning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi:
1.Siddiqov Mansur Bekmurzayevich-direktor o‘rinbosari;
2.Maxmudov Umid Baxronovich - o‘quv bo‘limi boshlig‘i;
3.Usmanov Dilmurod Berdimurodovich - fakultet dekani;
4.Davronova Iroda Tursunbayevna - mutaxassis;
5.Qo‘ldoshev Muhammad Maxmudovich - maxsus fan o‘qituvchisi.
8 mart - «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan fidoiy-o‘qituvchilar taqdirlandi
