Tadbirlar
SAMARQAND VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMIDA TERGOVCHI VA YOSHLAR DAVRA SUHBATI O‘TAZILDI
2021 yil 13 aprel kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumida Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida ham uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FM boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi Ibodova Anjelika ishtirok etdi.
SAMARQAND VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMIDA SUDYALAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
2021 yil 13 aprel kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumida Samarqand tumanlararo ma'muriy sudining sudyalari ishtirokida “Huquqshunos faoliyatida korrupsiyaga toqatsizlik” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand tumanlararo ma'muriy sudining sudyalari Jumaboyev Lutfullo, Ibragimov Begzod va Xursandov Begzodlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda o‘quvchilarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalalari atroflicha tushuntirildi..
Samarqand viloyati yuridik texnikumining 2-bosqich o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayyohat uyushtirishdi
.
Samarqand viloyati yuridik texnikumining "Street law" jamoasi a'zolari 55-umumta'lim maktabida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi.
Bugun 9 aprel kuni yuridik texnikumning eng faol o‘quvchilaridan iborat 20 nafar volontyor o‘quvchilari loyiha doirasida o‘quvchi-yoshlarga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi tadbirlarini Samarqand shahridagi 55-umumta'lim maktabida o‘tkazishdi.
Targ‘ibot tadbirlarida maktabdagi 9-sinfda tahsil olayotgan jami 90 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.
SHAXMAT SPORT TURI BO‘YICHA YURIDIK TEXNIKUM OCHIQ CHEMPIONATI BOSHLANDI !
2021 yil 6 aprel kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Faollar zali"da sportning shaxmat turi bo‘yicha ochiq chempionat musobaqalari boshlandi.
Musobaqani halqaro toifadagi FIDE ustasi Sobirov Odiljon Sobirovich kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni shaxmat qoidalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi.