Tadbirlar


Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi xodimlari yuridik texnikum o‘quvchilari bilan uchrashdi.

23-04-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumida Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi Ibadova Anjelika hamda Sayfullayev Nodirbeklar yuridik texnikum o‘quvchilari bilan uchrashdi.

 

Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

20-04-2021

Unda texnikumdagi jami 60 nafar o‘quvchilar 10 ta jamoaga bo‘lingan holda musobaqalarni davom ettirishmoqda. 

Musobaqalar har kuni juma kuniga qadar soat 11-00 da yuridik texnikum "Faollar zali"da o‘tkaziladi.

 

YURIDIK TEXNIKUMDA "ADOLAT QANOTLARI" KLUBINING NAVBATDAGI SEMINAR-MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI.

17-04-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumining 25 nafar eng faol va tashabbuskor o‘quvchilaridan iborat "Adolat qanotlari" klubining navbatdagi seminar-mashg‘uloti "Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish" hamda "Yoshlarda korrupsiyaga toqatsizlik ruhiyatini singdirish" masalalariga bag‘ishlandi.

Eslatib o‘tamiz klub a'zolari uchun seminar-mashg‘ulotlar har hafta payshanba kuni soat 11-30 da yuridik texnikumning "Ma'naviyat va ma'rifat xonasi"da o‘tkaziladi.

Trening ishtirokchilari hududdagi aholiga huquqiy ong va madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlariga taklif etiladi. Klub seminarlariga texnikum o‘quvchilarini taklif qilamiz.

 

Samarqand viloyati yuridik texnikum bitiruvchilari o‘z stajirovkalarini muvaffaqiyatli o‘tamoqda.

16-04-2021

COVID-19 pandemiyasi sharoitida barcha ta'lim muassasalarida tashkil etilgani kabi, yuridik texnikumlarda ham o‘quv jarayoni masofaviy ta'lim elementlarini qo‘llagan holda tashkil etilganligi, xususan o‘quvchilar amaliyoti ham onlayn shaklda bo‘lib o‘tganligi holati o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni yetarli darajada shakllanishiga erishilmadi.

Shu bois yuridik texnikum o‘quvchilaridan ularning amaliy ko‘nikmalarini shakillantirishga ko‘maklashish borasida ko‘plab murojaatlar inobatga olinib, Adliya vazirigining tegishli topshirig‘iga ko‘ra Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari uchun ham dasr mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda  viloyat adliya boshqarmasi, shahar va tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarda stajirovka o‘tashlari tashkil etildi.

 

SAMARQAND VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMIDA "MA'RIFAT SOATI" DOIRASIDA OCHIQ DARS O‘TKAZILDI.

16-04-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich, 101-guruh murabbiyi Mamanazarova Gulbahor tomonidan "Ma'rifat soati" doirasida «Yoshlar korrupsiyaga qarshi !» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq darsda yuridik texnikum direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari  hamda kafedra mudirlari ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг