Tadbirlar
"Mohir qo‘llar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

5 ta muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish amalda. Bugun Samarqand viloyati yuridik kollejida "Orasta qizlar" to‘garagi a'zolari, kollejning iqtidorli o‘quvchi-qizlari hamda san'atning zardo‘zlik sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida "Mohir qo‘llar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda kollejning 3-bosqichdagi jami 24 chevar, iqtidorli qizlar o‘z mahoratlarini namoyish qildi. Tadbirda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Toshniyozov hamda direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov ishtirok etib, o‘quvchilarning mahoratlariga yuqori baho berdi. Tadbir kollej xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Tosheva, yoshlar bilan ishlash bo‘limi (I.Kuchimov, F.Sodiqov) hamda monitoring va ichki nazorat bo‘limi G.Mamanazarovalar tomonidan tashkil etildi.
"Ishga joylashtirish bosqichlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Samarqand viloyati yuridik kolleji "Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari" fani o‘qituvchisi F.Ismailova tomonidan "Ishga joylashtirish bosqichlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazilib, unda "Guruhlarda ishlash", "Baliq skeleti" hamda "Piramida" usullaridan foydalanildi.
"O‘quvchilar yashash uyi"da Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid badiiy kecha ham o‘tkazildi

Samarqand viloyati yuridik kolleji "Til o‘rgatish" kafedrasi o‘qituvchisi F.Tursunova tomonidan "O‘quvchilar yashash uyi"da Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid badiiy kecha ham o‘tkazildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlanib ochiq ma'naviyat soati o‘tkazildi

Samarqand viloyati yuridik kolleji 303-guruhda guruh rahbari I.Ochilova boshchiligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlanib ochiq ma'naviyat soati o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar shox va shoir qalamiga mansub she'r, ruboiy hamda g‘azallarni o‘zbek va ingliz tillarida yig‘ilganlar e'tiboriga namoish etdi.
"Til o‘rgatish" kafedrasi o‘qituvchisi N.Toxirovaning dars-mashg‘ulotlaridan lavhalarni ko‘rishingiz hamda tegishli xulosa chiqarishingiz mumkin

Samarqand viloyati yuridik kolleji "Til o‘rgatish" kafedrasi o‘qituvchisi N.Toxirovaning dars-mashg‘ulotlaridan lavhalarni ko‘rishingiz hamda tegishli xulosa chiqarishingiz mumkin. Jonkuyar o‘qituvchimizning har bir darsi ochiq dars. Fursatdan foydalanib N.Toxirovaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar, kafedra jamoasiga esa doimo ulkan zafarlar tilaymiz !!! Raxmat Sizlarga aziz ustozlar