Tadbirlar
Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati.

Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.
Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2020 yil 16 sentyabrda tasdiqlangan “Adliya organlari va muassasalarida “O‘zbek tili oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi hamda texnikumda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va bu boradagi ishlar targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida, 19-20 oktyabr kunlari masofaviy telegram kanali orqali “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari 2 shart: 1-shart . Test sinovlari sharti va 2-shart. “Mening ijodiy ishim” sharti asosida, bellashishdi.
“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovida 206-guruh o‘quvchisi A.Murodov 1-o‘rin, 206-guruh o‘quvchisi J.Husanov 2-o‘rin, 207-guruh o‘quvchisi J.Qosimov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kitob o‘qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Samarqand viloyati yuridik texnikum axborot resurs markazi rahbari Isoqova Gulmira.
“Til - millat ko‘zgusi!”

Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Til - millat ko‘zgusi!” mavzusida shoir, yozuvchi hamda adiblar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi, shoir Raimjon Naim, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Oygul Mamatova, shoira D.Vosiyevna, Samarqand viloyat yozuvchilar uyushmasi a'zosi E.Maxmudova hamda Samarqand shahar Sattepo MFY maslahatchisi N.O‘roqovalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Texnikumda “O‘zbek tili oyligi” doirasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar davom ettiriladi.
"O‘zbek tilim o‘lmaydi" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumida "O‘zbek tili oyligi" doirasida "O‘zbek tilim o‘lmaydi" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda texnikumning barcha 5 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan faol o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha belgilandi.
➡ 1-o‘rin Xamidova Nargiza Zokirovna 202-guruh o‘quvchisi;
➡ 2-o‘rin Murodov Abror Ibodullo o‘g‘li 206-guruh o‘quvchisi;
➡ 3-o‘rin Ziyadullayeva Maftuna Ziyadullayevna 202-guruh o‘quvchisi;
G‘oliblar yutuqlarini imkon topib texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘limidan o‘z sovrinlarini olib ketishlari mumkin.
"O‘zbek bayramlari va an'analari" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumida "O‘zbek tili oyligi" doirasida " O‘zbek bayramlari va an'analari" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda texnikumning barcha 5 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan faol o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha belgilandi.
➡ 1-o‘rin Xamidova Nargiza Zokirovna 202-guruh o‘quvchisi;
➡ 2-o‘rin Ergashev Suxrob Matlab o‘g‘li 203-guruh o‘quvchisi;
➡ 3-o‘rin Sirojeva Durdona G‘iyosovna 201-guruh o‘quvchisi;
TDYUU 1-kurs talabalar safiga qabul qilingan o‘quvchilar uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi !

2020-2021 o‘quv yili TDYUU 1-kurs talabalar safiga qabul qilingan o‘quvchilar uchun Samarqand viloyati yuridik texnikumida tanishtiruv haftaligi o‘tkazilishi boshlandi !
Toshkent davlat yuridik universitetining ahil jamoasi talabalarni yurtimizning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biriga muvaffaqiyatli o‘qishga kirgani bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
Tanishtiruv haftaligi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 2020 yil 12-16 oktyabr kunlari joriy yilda o‘qishga tavsiya etilgan talabalar uchun tashkil etiladi.
“Tanishuv haftaligi”ga tashrif buyuruvchi talabalarga quyidagi talablar qat'iy rioya qilinmoqda !
➡Talabalar masofaviy o‘qish ko‘nikmalari va bilimlariga ega bo‘lish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan noutbuk yoki smartfon olib kelishlari.
➡Rasmiy kiyimda kelish
➡ Tibbiy niqobda bo‘lish, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlashga qa'iy rioya etish.