Tadbirlar


“Maxorat darsi” onlayn (ZOOM) tartibida o‘tkazildi.

03-12-2020

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha         chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 apreldagi           PF-5987-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish, texnikum o‘qituvchilariga zamonaviy ta'lim berish metodlari va yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va uslubchilari tomonidan  joriy yilning 2 dekabr kuni soat     12 00   da texnikum binosida “Fuqarolik protsessual xuquqi” fanidan “Fuqarolik sudida sud muxokamasi” mavzusida “Maxorat darsi” onlayn (ZOOM) tartibida  o‘tkazildi.

           Ishtirok etuvchilar:

           Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shaxar sudi sudyasi M.Ismailova, SamDU o‘qituvchilari dotsent A.G‘ulomov, M.Qo‘ldoshev, X.Mamatov va texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari.

        “Maxorat darsi”ni o‘tkazishdan maqsad amalga oshiriladigan faoliyat yuzasidan qonun hujjatlari, tajriba va ijodiy amaliyot bo‘yicha tajriba hamda axborot almashish, yoshlar va professional ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va vazifalarni amaliy hayotda ijrosini ta'minlashga o‘zaro ko‘maklashish, o‘quv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar bo‘yicha boy ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilishdan iborat.

         Seminar – treningda texnikum o‘qituvchilariga ta'lim berish istiqbollari va muammolari bo‘yicha keng ma'lumot berildi.

Ta'limda  zamonaviy yondashuvlar, dars o‘tishning kredit-modul tizimiga o‘tilishi va uning qulay tomonlari xaqida  tushunchalar berildi.

 

 Samarqand viloyat yuridik texnikumi

O‘quv-metodik bo‘limi U.Maxmudov.

 

“Texnikumda ta'lim berish istiqbollari va muammolari” mavzusida seminar – trening o‘tkazildi.

01-12-2020

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha         chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 apreldagi   PF-5987-Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish, texnikum o‘qituvchilariga zamonaviy ta'lim berish metodlari va yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va uslubchilari tomonidan  joriy yilning 30 noyabr kuni soat     16:00   da texnikum binosida  “Texnikumda ta'lim berish istiqbollari va muammolari” mavzusida seminar – trening onlayn (ZOOM) tartibida  o‘tkazildi.

Ishtirok etuvchilar:

            Samarqand viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi bosh metodisti M.Boliyev, SamDU o‘qituvchilari dotset A.G‘ulomov, M.Qo‘ldoshev, professor F.Shodmonov.

 Seminar – treningda texnikum o‘qituvchilariga ta'lim berish istiqbollari va muammolari bo‘yicha keng ma'lumot berildi.

Ta'limda  zamonaviy yondashuvlar, dars o‘tishning kredit-modul tizimiga o‘tilishi va uning qulay tomonlari xaqida  tushunchalar berildi.

  Samarqand viloyat yuridik texnikumi

O‘quv-metodik bo‘limi

 

"Yoshlar odam savdosi"ga qarshi mavzusida videoroliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

26-10-2020

Samarqand viloyati yuridik texnikumida oktyabr oyida "Yoshlar odam savdosi"ga qarshi mavzusida videoroliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 Tanlovda texnikumning barcha 5 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan faol o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha belgilandi.

➡1-o‘rin Murodov Abror Ibodulla o‘g‘li 206-guruh o‘quvchisi;

➡2-o‘rin Abdurajabov Bekzod To‘lqin o‘g‘li 207-guruh o‘quvchisi;

➡3-o‘rin Raxmatullayeva Xayotxon Shuxrat qizi 205-guruh o‘quvchisi;

G‘oliblar yutuqlarini imkon topib texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘limidan o‘z sovrinlarini olib ketishlari mumkin.

 

 

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida MEMORANDUM imzolandi.

24-10-2020

Samarqand viloyati yuridik texnikumi hamda O‘zbekiston Respublikasi notariuslar palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida MEMORANDUM imzolandi.

Mazkur Memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, texnikum talabalarini sohaviy mutaxassisliklar bo‘yicha bilimli, mustaqil fikrlaydigan, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash maqsadida imzolandi.

 

Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati.

23-10-2020

        Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.

        Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.

        O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2020 yil 16 sentyabrda tasdiqlangan “Adliya organlari va muassasalarida “O‘zbek tili oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi hamda texnikumda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va bu boradagi ishlar targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida, 19-20 oktyabr kunlari masofaviy telegram kanali orqali “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari 2 shart:  1-shart . Test sinovlari sharti  va 2-shart. “Mening ijodiy ishim” sharti asosida, bellashishdi.

        “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovida 206-guruh o‘quvchisi A.Murodov 1-o‘rin, 206-guruh o‘quvchisi J.Husanov 2-o‘rin, 207-guruh o‘quvchisi J.Qosimov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

        Kitob o‘qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda  oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

        Samarqand viloyati yuridik texnikum axborot resurs markazi rahbari Isoqova Gulmira.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг