Savol-javoblar
Tez-tez beriladigan savollar
SAMARQAND VILOYaTI YuRIDIK TEXNIKUMI
TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Samarqand viloyati yuridik texnikumlarida qanday yangiliklar bo‘ldi ?
2020/2021 o‘quv yilidan yuridik texnikum:
-Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan,
-o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan;
-Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatishni boshladi.
Bugungi kunda yuridik texnikumda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 5-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yil muddatda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilmoqda.
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarida qanday imkoniyatlar beriladi?
Yuridik texnikumda ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida
2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega;
Bunda texnikumning Maxsus komissiyasi yo‘llanma berish masalasini ko‘rib chiqayotganda quyidagi minimal talablarni hisobga oladi (VM 2021 yil 21 noyabrdagi 705-son qarori):
- a) yuridik texnikum bitiruvchisining har bir fan bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
- b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
- v) yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikum ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);
- g) yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.
Yuridik texnikumlar ta’lim islohotlarida yana qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi:
TDYUU magistraturasiga bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shakllarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ldi;
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar TDYUU magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shakllarida davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra, kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ldi;
«yurisprudensiya» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYUU magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYUU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYUU qoshidagi litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ldi;
Последнее редактирование: 26/04/2022 14:42; Просмотров: 3667
Чоп этилган вақт: 25/01/2025 05:57