Tadbirlar
Texnikumda o‘tkazilayotgan mahorat dars jarayonlaridan lavhalar.

Samarqand viloyati yuridik texnikumida 2020 yil 23 dekabr kuni texnikum maxsus fan o‘qituvchilari N.Axatova hamda M.Xudoyberdiyevalar tomonidan 2-bosqich ijro ishi bo‘yicha yurist mutaxassisliklari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti Samarqand viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i Elmurodov Orif Xudoyberdiyevich o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Mahorat darslari Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash va Jinoyat ishini qo‘zg‘atish mavzularida olib borildi.
Yoshlar markazida - “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkzildi.

Viloyatimizda shu kunlarda yoshlar festivali doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirda Samarqand viloyat yuridik texnikumi talabalari ham ishtirok yetishdi.
Ayni paytda Samarqand shahridagi yoshlar markazida ana shunday tadbirlardan biri - “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi B.Obloqulov Samarqandlik yigit-qizlarning taklif va muammolarini tingladi.
1-bosqich o‘quvchilari Samarqand viloyati adliya boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlarida ishtirok etdi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich o‘quvchilari Samarqand viloyati adliya boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlarida ishtirok etdi.
Unda o‘quvchilar boshqarma hayoti, ish jarayoni, bo‘limlar va ularning vazifalari hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida ma'ruza o‘qildi hamda ularni qiziqtirgan boshqa savollarga javob berildi.
"Ochiq eshiklar kuni" yakunida o‘quvchilar tomonidan bugungi uchrashuv bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoni berildi hamda bunday tadbirlarni doimiy o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Texnikumda Covid-19 va boshqa kasalliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot - tashviqot ishlarini olib bordi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi xamshirasi Sh.Kubayeva hamda texnikum yoshlar bilan ishlash bo‘limi F.Sodiqov tomonidan o‘quvchilarga an'anaviy ta'lim davrida Covid-19 va boshqa kasalliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot - tashviqot ishlarini olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28 yilligi

Texnikum o'quvchilari Adliya boshqarmasida o'tkazilgan Konstitutsiyamizning 28 yillik tadbirida.