Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi
Kirib kelayotgan Yangi - 2021 yilingiz muborak bo‘lsin !
Bugun Samarqand viloyati yuridik texnikumida kasaba uyushmasi hamda yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan texnikumdagi barcha o‘qituvchi-xodimlar, ishchi-xizmatchilar uchun yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayramda yuridik texnikum direktorining birinchi o‘rinbosari O.Toshniyozov, direktorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Siddiqov, direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov hamda 50 nafar o‘qituvchi-xodimlar ishtirok etdi.
O.Toshniyozov hamda jamoaning faol a'zolari yig‘ilganlarni Yangi-2021 yil bilan qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. Yakunda yig‘ilganlarning barchasiga yuridik texnikum kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi
Дата добавления: 29/12/2020 14:53; Просмотров: 583
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 14:10