Tadbirlar
Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi nishonlanadi

9 fevral kuni yurtimizda o‘zbek mumtoz she'riyati mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati yuridik kolleji "Tillar kafedrasi" (G.Mamanazarova, D.Soyipova) tomonidan Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Unda kollejning bir qator iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.
"Davlat pensiyasini tayinlovchi organlar va ularning vakolatlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Samarqand viloyati yuridik kollejida "Pensiya va nafaqa ishini rasmiylashtirish fani" o‘qituvchisi M.Tasheva tomonidan "Davlat pensiyasini tayinlovchi organlar va ularning vakolatlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars-mashg‘uloti guruhlarga bo‘linish usulida tashkil etilib, yangi pedagogik texnologiyalardan "Klaster", "Pinbort" uslublaridan foydalanildi. Shuningdek, mashg‘ulotda o‘quvchilar mavzuga oid kazus savollarga javoblar berishdi
"Ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar" mavzusida seminar-uchrashuv o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘quv bo‘limi tomonidan o‘qituvchi-pedagoglari hamda ma'muriyat xodimlari ishtirokida "Ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar" mavzusida seminar-uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish hamda muvofiqlshtirish boshqarmasi bosh uslubchi-maslahatchisi Nasimov Husan Abdurahmonovich so‘zga chiqib, bugungi kunda ta'limda bo‘ladyotgan islohotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni darslarda qo‘llash usullari hamda o‘qituvchilik kasbining mas'uliyati to‘g‘risida fikr yuritdi.
Samarqand viloyati yuridik kollejida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud topgan kunga bag‘ishlangan adabiy-badiiy uchrashuv o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yuridik kollejida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud topgan kunga bag‘ishlangan adabiy-badiiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibi Xosiyat Bobomurodova ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda kollejning faol xodimlari R.Temirova, G.Mamanazarova, M.Tosheva hamda N.Ismayilovalar hamda faol o‘quvchi-yoshlar qatnashdi
Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” hamda “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” hamda “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda kollejimizning 450 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etib, huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida takliflar amaliyoti hamda bevosita adliya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni guvohi bo‘lishdi. Shuningdek, tadbirda kollej o‘quvchilari tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida musiqa va raqs san'atiga oid chiqishlar yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.