1-bosqich o‘quvchilari Samarqand viloyati adliya boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlarida ishtirok etdi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich o‘quvchilari Samarqand viloyati adliya boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlarida ishtirok etdi.
Unda o‘quvchilar boshqarma hayoti, ish jarayoni, bo‘limlar va ularning vazifalari hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida ma'ruza o‘qildi hamda ularni qiziqtirgan boshqa savollarga javob berildi.
"Ochiq eshiklar kuni" yakunida o‘quvchilar tomonidan bugungi uchrashuv bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoni berildi hamda bunday tadbirlarni doimiy o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Дата добавления: 17/12/2020 11:40; Просмотров: 666
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 13:57