Tadbirlar


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin !

31-08-2021

2021-yil 30-avgust kuni Samarqand viloyati adliya boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati yuridik texnikumining ham bir guruh o‘qituvchi-xodimlari ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi “Yestalik nishoni” bilan:

1.Siddiqov Mansur Bekmurzayevich – direktorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;

2.Maxmudov Umid Baxronovich – o‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” bilan:

  1. Otaqulov Jamshid Zubaydullayevich – direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
  2. Jo‘rayeva Nargiza Izzat qizi – devonxona mudiri;
  3. Kuchimov Inomjon Ne'matovich – O‘quvchilar turar joyi mudiri.
 

Test sinovlari boshlandi

27-08-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumiga 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari boshlandi.

Yeslatib o‘tamiz Test sinovlari Samarqand shahridagi 2-BO‘SM stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Samarqand shahrida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

20-08-2021

Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o‘quvchilari ham faol ishtirok etdi.

Uchrashuv Amir Temur bobomizning haykaliga gul qõyish marosimi bilan boshlandi.

Nuroniy faxriylarimiz hamda yoshlar "Ipak yo‘li" Turizm universitetiga sayohat qilishdi.

Undan sõng A.S. Pushkin nomidagi kutubxona hamda "Qorasuv" massivlariga sayohat qilishdi.

Kun sõngida Nurafshon san'at saroyida gala konsert uyushtirildi.

Kechani viloyat hokimi Turdimov erkinjon Oqbõtayevich ochib berdilar.

Kechki dastur ajoyib kõtarinki kayfiyat hamda ajoyib tasurotlarga boy bõldi.

 

Samarqand viloyati yuridik texnikumi imkoniyatlari va unda tashkil etilgan o‘qish tizimi to‘g‘risida aholiga keng ma'lumotlar berish davom etmoqda.

27-07-2021

Mazkur targ‘ibot tadbirlari karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

 

2020/2021 o‘quv yili uchun Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich o‘quvchilari uchun tanishtiruv amaliyotlari imtixonlari boshlandi.

12-07-2021

Tanishtiruv amaliyoti yakuniy natijalari quyidagi ikki mezon asosida baholanadi:

*1-mezon: amaliyotda egallangan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari darajasi;

*2-mezon: o‘quvchi tomonidan amaliyot davomida to‘plangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni o‘tash davomida o‘rganilgan masalalarning yoritib berilishi.

 Yakunda - mazkur ikki mezon o‘rtacha bali komissiya tomonidan chiqariladi va qaydnomaga kiritiladi.

 Ma'lumot uchun - Amaliyot bo‘yicha imtihonlar 2021 yil 12-21 iyul kunlari yuridik texnikum binosida Komissiya tomonidan yozma ravishda o‘tkazilishi belgilangan.

 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 9 yanvarda 3116-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandiga muvofiq, amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olinishi o‘quvchini akademik qarzdor sifatida tegishli o‘quv kursida qoldirish uchun asos bo‘lishi, uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaslik o‘quv intizomini buzish sifatida o‘quvchini belgilangan tartibda yuridik texnikum o‘quvchilari safidan chetlashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг