Tadbirlar
ORZULAR BIZNI QAYERGA YETAKLADI, MEN KECHA BUGUN VA ERTAGA !
2021 yil 21-22 sentabr kunlari texnikumning ikkinchi kurs o‘quvchilari uchun texnikum psixologi N.Ismoilova tomonidan "Orzular bizni qayerga yetakladi, men kecha bugun va ertaga" mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar "kaftlardagi tilak" tanishuv mashqlari bilan boshlandi hamda "Men kecha, bugun, ertaga" va "Lider va farosat" psixokarreksion mashqlar bilan davom etdi.
"Yosh saylovchi - 2021" forumi Samarqandda!
Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boy etish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumi Samarqand viloyatida ham bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumining yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Feruz Sodiqov boshchiligidagi o‘quvchilar jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Xususan, Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy“ nomli markaziy istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yinlari shular jumlasidandir.
Tadbir haqida yuridik texnikum o‘quvchisi Baxromova Laylo “O‘zbekiston 24” telekanaliga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
"Street law"loyihasi yana o‘z faoliyatini boshladi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Street law" loyihasi" bo‘yicha volontyorlarni o‘qitish o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi!
O‘quv seminarini texnikumdan loyiha kordinatori Otaqulov Jamshid hamda loyiha kordinatori yordamchisi Sodiqov Feruzlar olib bordi.
Yeslatib o‘tamiz loyiha bo‘yicha seminarlar haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladi hamda juma kuni joylarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. "Street law" loyihasi yana o‘z faoliyatini boshladi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Street law" loyihasi bo‘yicha volontyorlarni o‘qitish o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi!
O‘quv seminarini texnikumdan loyiha kordinatori Otaqulov Jamshid hamda loyiha kordinatori yordamchisi Sodiqov Feruzlar olib bordi.
Yeslatib o‘tamiz loyiha bo‘yicha seminarlar haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladi hamda juma kuni joylarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston uchun 100 g‘oya”
Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” nomidagi markazi istirohat bog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 27-yanvar kuni videoselektor yig‘ilishida ilgari surgan tashabbusi doirasida “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi tadbirlarida faol ishtirok etdi.
Mazkur loyiha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida turli sohalardagi muammolarning yechimiga aylanishi mumkin bo‘lgan, O‘zbekistonni rivojlantirishga oid g‘oyalar va takliflardan iborat keng miqyosli tadbir hisoblanadi.
"Mehr ulash" qon topshirish xayriya aksiyasi
"Mehr ulash" qon topshirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xayriya aksiyasida Samarqand viloyati yuridik texnikumining bir guruh ko‘ngilli rahbar va xodimlari ham ishtirok etishdi.