
SAMARQAND VILOYATI, URGUT TUMANIDA "ADLIYA SAYLI" TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI.
Bugun 31 mart kuni Urgut tumani "Markaziy istirohat bog‘i"da aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Adliya sayli” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga 50 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari jalb etildi. Shu qatori Samarqand viloyati yuridik texnikumining 40 nafar faol o‘quvchilari hamda o‘qituvchilaridan iborat jamoa ham tadbirda faol ishtirok etdi.
Xususan, yuridik texnikumning "Street law" jamoasi fuqarolarga ko‘cha huquqi qoidalari haqida tushunchalar bergan bo‘lsa,12 nafar iqtidorli o‘quvchilardan iborat jamoa "Zakovat" intellektual o‘yinlarida Urgut tuman aholsidan tashkil topgan jamoalar bilan bellashdi.
Shu bilan birga "Adliya sayli"da yuridik texnikumning 25 nafar volontyor o‘quvchilari 700 dan ortiq fuqarolar o‘rtasida huquqiy madaniyat darajasini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma va testlar o‘tkazdi.
"Adliya sayli"da aholi kayfiyatini yanada ko‘tarishga qaratilgan madaniy tadbirlarda texnikumning iqtidorli o‘quvchilari Aliqulov Sherxon, Ziyodullayeva Maftuna hamda Fayziyev Javlonlar o‘zlarining chiqishlari bilan yig‘ilganlarni manzur etdi.
Дата добавления: 31/03/2021 18:43; Просмотров: 660
Чоп этилган ва?т: 30/04/2025 20:06