Tadbirlar
"Yangi avlod darsliklari" taqdimoti.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Yangi avlod darsliklari" taqdimoti bo‘lib o‘tdi !
Toskent davlat yuridik universiteti tomonidan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari uchun 22 turdagi yangi avlod darsliklari tayyorlanib respublikadagi barcha yuridik texnikumlariga yetkazildi.
Tadbirda o‘quvchilar darsliklar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
YOSHLAR SAYLOVGA TAYYORMISIZ ?
2021 yil 8 sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar universiteti hamda Samarqand viloyati yuridik texnikumi hamkorligida saylovlarda ilk bor ovoz beradigan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekiston - uchinchi Renessans sari ! shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy islohatlarda yoshlarning alohida o‘rni alohida ta'kidlandi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati yuridik texnikumi “Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi ergashev Yo‘ldosh talaba yoshlarga Saylov kodeksi va ovoz berish tartibi haqidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lib, faol talaba yoshlarga estalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Adliya vazirligi stipendiyasi”ga munosib ko‘rilgan o‘quvchilar taqdirlandi.
Vazirlik stipendiyasiga munosib ko‘rilganlarga Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘I Nuriyev Saloxiddin Samadovich tomonidan tegishli guvohnomalar taqdim etildi.
- Mahmudov Komronbek Muhammad o‘g‘li - Davlat-huquqiy faoliyat – 89 ball.
- Baxromova Laylo Rayim qizi - Davlat-huquqiy faoliyat – 89 ball.
- Mahmudov Xasan Sharof o‘g‘li - Yuridik xizmat – 88 ball.
- Ochilov Zarrux Sobirovich - Yuridik xizmat – 88 ball.
- Qayumova Shohista Botirovna - Davlat-huquqiy faoliyat – 87 ball.
Yeslaib o‘tamiz Vazirlik stipendiyasi soxiblari yuridik texnikumning akademik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan o‘quvchilar orasidan eng yuqorilari tanlab olindi.
"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Samarqad viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi hamda yangi 2021-2022 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda kunduzgi va kechki ta'limining 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Mustaqillik darslarida o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘lilik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasidagi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvidagi nutqini o‘rganish o‘yicha videorolik namoyish etilib, mutaxassislar tomonidan ma'ruza qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin !
2021-yil 30-avgust kuni Samarqand viloyati adliya boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati yuridik texnikumining ham bir guruh o‘qituvchi-xodimlari ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi “Yestalik nishoni” bilan:
1.Siddiqov Mansur Bekmurzayevich – direktorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
2.Maxmudov Umid Baxronovich – o‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” bilan:
- Otaqulov Jamshid Zubaydullayevich – direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
- Jo‘rayeva Nargiza Izzat qizi – devonxona mudiri;
- Kuchimov Inomjon Ne'matovich – O‘quvchilar turar joyi mudiri.