Tadbirlar
“Targ‘ibot poyezdi” yuridik texnikumida

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda. Loyiha volontyorlari Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan targ‘ibot ishlarini olib borishdi.
Unda Konstitusiyani yangilash zarurati va xalq konstitusiyasining asosiy mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” g‘oyasining ahamiyati haqida ma'lumot berildi.
Targ‘ibot qizg‘in savol-javoblar bilan ham esda qolarli bo‘ldi. Yuridik texnikumi o‘quvchilari loyiha ishtirokchilariga bir qator qiziqarli savollar bilan yuzlanishdi. Targ‘ibot so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Meros talashgan aka ukalar... obrazga kirgan o‘quvchilar... Yuridik texnikumda "Namunaviy sud protsessi" tashkil etildi.

Yuridik texnikumi sud zalida 205-guruh o‘quvchilari tomonidan M.Xudayberdiyeva boshchiligida, jamiyatimizda uchrab turadigan muammolardan biri "Meros masalasi" bo‘yicha nazariy olgan bilimlarini "Namunaviy sud protsessi" orqali yig‘ilganlar etiboriga havola etishdi.
Yetiborli jihati ishtirokchilar protses yakunida, o‘qituvchilarning yuksak e'tirofiga sazovor bo‘lishdi. O‘qituvchilar ishtirokchilarni o‘zlariga berilgan rolni tabiiy, ishonarli eng muhimi maromiga yetkazib ijro etishganiga alohida urg‘u berib o‘tishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
"Hayotiy qadriyatlarni shakllantirishning psixologik omillari" mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi...

Samarqand viloyati yuridik texnikumi psixoligi N.Ismoilova "Mahsus psixologiya" to‘garagi doirasida o‘quvchilar bilan trening o‘tkazdi.
Treningdan asosiy maqsad: Inson hayotida etakchilik qiluvchi qadriyatlarni va odamlar orasida sodir bo‘ladigan tushunmovchiliklarni kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni oldini olishga harakat qilish...
Trening davomida "Gulchambar" mashqi, "O‘rgimchak to‘ri" "Baxt sari olg‘a" kabi harakatli o‘yinlar tashkil etildi.
Trening so‘ngida "Ijobiy tilaklar gulchambari" mashqi o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘rnilaridan turgan holda yonida turgan sherigini elkasiga qo‘lini qo‘yib ijobiy tilaklarni bildirdilar.
Ma'lumot uchun "Maxsus psixalogiya" to‘garagi haftaning har chorshanba kuni soat 14:00 da boshlanadi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun seminar trening o‘tkazildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori Xusanbayev Olim Otamurodovich hamda “Ma'muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Normurodov Aktam Turaboyevichlar Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurib, metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazishdi.
Professor Olim Otamurodovich 103-guruhga "Davlat huquq nazariyasidan", Aktam Turaboyevich esa 203-guruh guruh bilan "Ma'muriy huquq" fanlaridan seminar trening tashkil etishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
"O‘quvchi qizlarni kasbga yo‘naltirish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun yuridik texnikumi kichik majlislar zalida "Biznesni rivojlantirish" banki bosh mutaxassisi Mo‘minov Ulug‘bek Abduxoliqovich va yuridik texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida yuqoridagi mavzu asosidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✔Unda Ulug‘bek Abduxoliqovich so‘nggi vaqtlarda xotin-qizlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma'lumot berdi.
✔Savol-javob tarzida kechgan uchbu davra suhbatida o‘quvchi qizlar ayni mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram