Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumi " Street law" jamoasi huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi.

06-11-2023

         Joriy yilning 2-noyabr kuni yuridik texnikumning 5 nafar faol "Street law" jamoasi a'zolari "Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi" mavzusida  targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirdi.

         Huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlari  Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 40-IDUM da olib borildi. Unda targ‘ibotchilar Street law loyihasi va mavzu yuzasidan o‘quvchilarga tushunchalar berishdi. Shu bilan birga ularni huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, targ‘ibot so‘ngida faol o‘quvchilar taqdirlanishdi.

         Targ‘ibot ishtirokchilari:

  1. Azamov Javohir 101-guruh;
  2. Karimov Muhammad 103-guruh;
  3. Abduvaxobova Rayhona 201-guruh;
  4. Sobirov Ulug'bek 202-guruh;
  5. Ulmasova Sevinch 203-guruh. 

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Kelajak sari qadam !

03-11-2023

Toshkent davlat yuridik universitet   Ommaviy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi, Samarqand viloyati  yuridik texnikumi 2023-yilgi bitiruvchisi Oydinova Sitora yuridik texnikum o‘quvchilari bilan davra-suhbatida ishtirok etdi.

         Davra suhbatida yuridik texnikum o‘quvchilariga davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar hamda imtyozlar haqida fikr yuritilib, erishgan yutuqlari bo‘yicha o‘quvchilar bilan tajriba almashdi.

 

          Davra suhbati davomida…

 

Suhbat asosida o‘qishni davom ettirish;

G‘ofur G‘ulom stipendiyasi va ko‘krak nishoni haqida ma'lumotlar;

Universitetning barcha stipendiyalari haqida ma'lumotlar;

O‘quvchilar bilan qiziqarli savol-javoblar.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Prokurorlar bilan "Mahorat darsi" tashkil etildi.

01-11-2023

Samarqand viloyati yuridik texnikumi kichik majlislar zalida Samarqand shahar prokurori yordamchilari Xondamir Gulmurodov, va Shoxrux Abduboqiyevlar  yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun "Mahorat darsi" tashkil etishdi.

         Mahorat darsi avvalida "Javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi, turlari” haqida qisqacha ma'lumot berildi. Shundan so‘ng soha vakillari Xondamir Gulmurodov va Shoxrux Abduboqiyevlar o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga Jinoyat kodeksi va Jinoyat Protsessul kodeksida belgilangan normalarni amaliyot bilan bog‘lagan holda javob berishdi.

Mahorat darsi savol-javoblar asosida, qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram    

 

Ochiq dars

26-10-2023

         Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Maxsus fanlar" kafederasi o‘qituvchisi Munir Ravshanov "Ma'muriy protses" mavzusida 202-guruh o‘quvchilari bilan ochiq dars mashg‘ulotini o‘tkazmoqda.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023”

25-10-2023

       “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot-kutubxona markaziga  Samarqand viloyati yuridik texnikumi  o‘quvchilari tashrif buyurdi hamda u yerda mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxasislar batafsil javob qaytarishdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг