Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumida sportning shaxmat-shashka bo‘yicha "5 tashabbus olimpiadasi" doirasida musobaqalarga start berildi.

20-09-2023

♟Musobaqalarda yuridik texnikumining barcha guruhlaridan 50 dan ortiq ishtirokchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra har bir sport turidan 1 nafarda o‘g‘il va qizlar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Majburiy ijro byurosida yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

14-09-2023

Tadbirda Samarqand viloyati majburiy ijro byuro boshlig‘i  Sur'at Jabborov ishtirok etib, o‘quvchilarni tizimda olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Jumladan, o‘quvchilarga MIB portal tizimi, byuroning majlislar zali, davlat ijrochilari ish joylari, devonxona, byuro rahbarlari xonasi hamda fuqarolar qabul xonalari tanishtirildi.

Tadbir so‘ngida byuro xodimlari hamda o‘quvchilar ishtirokida ochiq suhbat o‘tkazilib, bo‘lajak huquqshunoslarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

“Adliya vazirligi stipendiyasi”ga munosib ko‘rilgan o‘quvchilar taqdirlandi.

13-09-2023

       Vazirlik stipendiyasiga munosib ko‘rilganlarga Samarqand viloyati yuridik texnikumi direktori Shirinov Oybek Xamidovich tomonidan  tegishli guvohnomalar taqdim etildi.

  1. Ulmasova Sevinch - yuridik xizmat – 95,3 ball.
  2. Sobirov Ulug‘bek - davlat-huquqiy faoliyat – 94 ball.
  3. Abduvaxobova Rayxona - davlat-huquqiy faoliyat – 93,1 ball.
  4. Nazarov Zafar - sud-huquqiy faoliyat – 92,2 ball.
  5. Amrqulova Gulsabo - davlat-huquqiy faoliyat – 91,3 ball.

Eslaib o‘tamiz vazirlik stipendiyasi soxiblari yuridik texnikumning akademik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan o‘quvchilar orasidan tanlab olindi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Texnikum targ‘iboti!!!

10-08-2023

        Samarqand viloyati yuridik texnikumi targ‘ibotida, texnikum xodimlari faol ishtirok etishmoqda.

"Axborot resurs markazi" rahbari Gulmira Isoqova, Shamsiddinov Ulug‘bek, Jo‘rayeva Nargiza, Ismoilova Nafisa, Mamanazarova Gulbahor, Xudoyberdiyeva Mahliyo va Safarova Umidalarning targ‘ibot jaroyonidan lavhalar.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Samarqand viloyat yuridik texikumi targ‘iboti!!!

03-08-2023

         Samarqand viloyati yuridik texnikumiga 2023/2024-o‘quv yilida umumta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari, kasb-hunar maktablarini o‘qishga taklif etish bo‘yicha texnikum xodimlari targ‘ibot ishlari davom ettirishmoqda.

         Jumladan U.Shamsiddinov, G.Mamanazarova, N.Ismoilova, N.Jo‘rayeva, U.Safarova, G.Isoqova Sh.Boboyevalar joylarda targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

         Siz kelajagingizni huquq sohasida ko‘rayapsizmi unda bizga murojaat qiling!

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг