Tadbirlar
XON ATLAS !
Samarqand viloyati yuridik texnikumida sportning shaxmat-shashka bo‘yicha o‘tkazilgan "5 tashabbus olimpiadasi" texnikum bosqichi g‘oliblari taqdirlanishdi.
Shaxmat bo‘yicha (yigitlar)
- Norboyev Umid 103-guruh
- Qurbonov Alisher 204-guruh
- Alisherov Hasan 105-guruh
Shashka (yigitlar)
- Muhammadiyev Ulug‘bek 101-guruh
- Mirzayev Bahodir 203-guruh
- Normurodov Bahrom 203-guruh
Shashka (Qizlar)
- Tuyvalova Mahliyo 203-guruh
- Abdukarimova Ruxshona 104-guruh
- Safarovas Shahrizoda Safarovna 103-guruh
Musobaqa yakunlariga ko‘ra har bir sport turidan 1 nafarda o‘g‘il va qizlar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Gdansk universiteti professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilariga Gdansk universitetida ta'lim olish imkoniyatlari va afzalliklari haqida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini Gdansk universiteti prorektori, professor Anna Yurkovska-Zeidler, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Magdalena Savich, Gdansk universitetining huquq va boshqaruv fakulteti bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi, professor Edvardas Yuxnevichus olib bordi.
Uchrashuvda Gdansk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ta'lim olish tartibi, ushbu universitetda o‘tiladigan kurslar va unga mas'ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ushbu tadbir o‘quvchilarda katta tassurot va qizziqish uyg‘otdi, o‘quvchilar Gdansk universiteti haqida o‘zlarini qizziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida sportning shaxmat-shashka bo‘yicha "5 tashabbus olimpiadasi" doirasida musobaqalarga start berildi.
♟Musobaqalarda yuridik texnikumining barcha guruhlaridan 50 dan ortiq ishtirokchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra har bir sport turidan 1 nafarda o‘g‘il va qizlar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Majburiy ijro byurosida yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati majburiy ijro byuro boshlig‘i Sur'at Jabborov ishtirok etib, o‘quvchilarni tizimda olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.
Jumladan, o‘quvchilarga MIB portal tizimi, byuroning majlislar zali, davlat ijrochilari ish joylari, devonxona, byuro rahbarlari xonasi hamda fuqarolar qabul xonalari tanishtirildi.
Tadbir so‘ngida byuro xodimlari hamda o‘quvchilar ishtirokida ochiq suhbat o‘tkazilib, bo‘lajak huquqshunoslarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram