Tadbirlar
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Ochiq eshiklar" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahridagi 55-umumta'lim maktabi bitiruvchilari yuridik texnikumiga tashrif buyurib, bu yerdagi mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
"Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari" J.Otaqulov yosh mehmonlarni kutib olib, ularga texnikumning diqqatga sazovor joylari va texnikumga o‘qishga kirish tartibi hamda o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Shuningdek maktab bitiruvchilari bevosita texnikumning "Sport zali", "Sud zali" va "ARM" (Axborot resurs markazida) ham bo‘lishdi
Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi, ushbu ekskursiya maktab bitiruvchilarda yuqori taassurot qoldirdi hamda ularni huquqga qiziqishini yanada oshirdi
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Biz giyohvandlikka qarshimiz !

Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga o‘rganib qolish, ruju qilish, aniqrog‘i tabiiy yoki sintetik zaharli moddalarni vaqtincha yoki surunkasiga istemol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holatidir.
Hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biri giyohvandlikdir. Davlatimizda bu jirkanch illatga qarshi keskin choralar ko‘rilishi haqida qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan.
✔Joriy yilning 23-yanvar kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari ishtirokida "Giyohvand moddalar va ularning yoshlarga ta'siri" mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda zaruriy choralar belgilanib olindi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Moziyga sayohat

Ma'naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma'naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e'zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.
Ayni shu jihatlarni e'tiborga olgan holda Samarqand viloyati yuridik texnikumida tahsil olayotgan bir guruh o‘quvchilar tomonidan “Moziyga sayohat” dasturi doirasida "O‘ZBEKISTON MADANIYATI TARIXI DAVLAT MUZEYI" ga sayohat tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Huquqshunos bo‘lish uchun nima qilish kerak, DXMda qanaqa xizmatlar ko‘rsatiladi, sud-ekspertizasi nima?..

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi Davlat xizmatlari markazida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ishtirokchilari shu va boshqa savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Huquqshunos bo‘lish uchun nima qilish kerak, DXMda qanaqa xizmatlar ko‘rsatiladi, sud-ekspertizasi nima?..
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi Davlat xizmatlari markazida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ishtirokchilari shu va boshqa savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
"Hayotni seving" mavzusida aksiya tavsilotlari haqida...

Samarqand viloyat yuridik texnikumida 2023 yil 21-dekabr kuni texnikum psixologi Nafisa Ismoilova tashabbusi bilan "Hayotni seving" mavzusida aksiya o‘tkazildi...
Bu aksiyani o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarda stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda hayotning go‘zalligini anglash, shukronalik tuyg‘ularini kamol toptirish, suitsidal holatlarga qarshi tarbiyalash bo‘lib, bunda texnikumning o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan qiziqarli shartli o‘yinlar ham tashkil etildi.
"Hayotni seving" aksiyasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari hamda chiroyli raqslar namoyish etildi...
Tadbir davomida Qoplonlar maktabi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etishdi
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram