Tadbirlar
"Klinik huquqiy ta'lim va pedagogikaning muhim tamoyillari" mavzusida tashkil etilgan seminar-treninglar yakuniga yetdi.

"Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT tashabbusi bilan ikki kun davom etgan seminar‐treninglar qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ekspertlar tomonidan berib borilgan bilimlar Yuridik klinikalarning rahbar va xodimlari tomonidan rolli o‘yinlar asosida tahlil qilindi hamda mavjud muammolarga yechim va takliflar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari Yuridik klinikalarida tashkil etilgan huquqiy maslahatlarda o‘quvchilarning bevosita ishtirokini ta'minlash, istiqbolda malakali yurist kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlab o‘tildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi !

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-may kunlari Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida "Fuqarolik va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning "Ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi" final bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Samarqand viloyati yuridik texnikumi jamoasi o‘z iqtidorlarini namoyon qilishdi.
Hakamlar hay'atining yakuniy xulosalariga ko‘ra, Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi va 10 000 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
O‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlari hamda tengdoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz !
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Qomus" intellektual o‘yininig final bosqichi tashkil etildi.

Final bosqichida savollar ro'yxati:
- "Jinoyat kodeksi" (1- 65 moddalari)
- Davlat va huquq nazariyasi 5-9 mavzular) Sh. Saydullayev
- "O‘nta negr bolasi" Agata Kristi
Shuningdek, mantiqiy va blits savollari ham o'ynaladi
Yakunda 204-guruh jamoasi g‘olib deb topildi.
1-o‘rin 204-guruh
2-o‘rin 205-guruh
3-o‘rin 201-guruh
Eslatib o‘tamiz final bosqichidagi ochkolarga birinchi bosqichdagi to‘plangan ochkolar ham qo‘shib hisoblandi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Viloyat sudida “Nazariya va amaliyot uyg‘unligi -muvaffaqiyat omili”

Shu maqsadda joriy yilning 26-aprel kuni viloyat sudida “Jinoyat ishlarining yuqori instansiya tomonidan ko‘rilishi protsessual muddatlari va tartibi” mavzusida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. O‘quvchilarni viloyat sudi sudyalari Otabek Nabiyev, Hulkar Keldiyarova, Ilhom Qorabayev va sud xodimlari kutib oldilar.
Dastlab viloyat sudi sudyasi O. Nabiyev va H. Kediyarova o‘quvchilarga viloyat sudi faoliyati haqida umumiy tushuncha berdi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, viloyat sudi sudyalarining bevosita ish faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Zakovat intellektual o‘yinining bu mavsumi ham o‘z nihoyasiga yetdi !

Samarqand viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan hamda o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingan "Zakovat" intellektual o‘yinlari bu mavsumi o‘z yakuniga yetdi.
Ikkinchi mavsumda ham barcha guruhlar g‘oliblik uchun jiddiy kurash olib borishdi, yakunda II bosqich 202-guruh jamoasi yana bir bora CHEMPIONLIKni qo‘lga kiritishdi. Birinchi bosqich 103-guruh jamoasi esa mavsumni ikkinchi o‘rin bilan yakunlagan bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 204-guruh uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2023-2024 o‘quv yilida har ikkala mavsumda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 202-guruh jamoasi bilimdonlarini tabriklaymiz!!!
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram