Tadbirlar


Yuridik texnikumida “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”ga qaratilgan ma'naviy va ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

28-03-2024

         Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish" qaratilgan ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, unda 18 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

         Tadbir musobaqa tarzida tashkil etilib, o‘quvchilar 2 ta shart asosida bahs olib borishdi.

1-shart, o‘quvchilar asarlar yuzasidan tayyorlangan savollarga  javob berishdi

2-shart ,mashhur adiblar asarlaridan parchalar o‘qildi. O‘quvchilar  ushbu asar muallifi hamda nomini aytib o‘tishdi.

         Bundan tashqari o‘quvchilar o‘zlari yoqtirib o‘qigan asarlarini anonim tarzda bir birlariga tafsiya sifatida yozib qoldirishdi.

         Yakunda esa 104-guruh o‘quvchisi Boltayeva Hilola 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, ikkinchi o‘rin esa, 202-guruh o‘quvchisi Jo‘raqulova Parizodaga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘ringa 204-guruh o‘quvchisi Qurbonov Alisher munosib ko‘rildi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  

 

"Islohotlarga daxldorman" targ‘ibot jamoasi Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurishdi.

27-03-2024

         Samarqand viloyati yuridik texnikumida  "Islohotlarga daxldorman" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilar,  muassasa mas'ul xodimlari, TDYU professor o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

✔ Targ‘ibot guruhi a'zolari tadbir davomida tengdoshlariga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tishdi hamda o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga sodda, tushunarli shaklda javob berishdi.

✔ Bundan tashqari oyiha ishtirokchilari targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish maqsadida yuridik texnikum faol o‘quvchilarini "Islohotlarga daxldorman" loyihasiga jalb qilishdi.

✔ Shundan so‘ng, qiziqarli savollarni o‘zida jamlagan viktorina ham tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar targ‘ibotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z !

20-03-2024

          Yurtimizga bahor faslining kirib kelishi eng go‘zal va qadriyatga aylanib qolgan yosharish va yangilanish bayrami Navro‘zi olamni nishonlash bilan boshlanadi.

         Shu munosabat bilan Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

         Tadbirda texnikum pedagog-xodimlari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi.

         Bayram dasturida texnikum o‘quvchilari milliy qadriyatlar va urf-odatlarimiz aks etgan chiqishlar, milliy taom va liboslar ko‘rgazmalari, bayramona kuy-qo‘shiqlari bilan yig'ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdilar.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Yuridik texnikumida 11-fevral ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi.

07-02-2024

         Samarqand viloyati yuridik texnikumida 11-fevral  "ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro" kuniga bag‘ishlab Xotin qizlar masalalari buyicha boshlang‘ich tashkilot raisi G.Mamanazarova tomonidan seminar tashkil etildi.

         Seminarda Reproduktiv ona va bola iqtisoslashtirilgan  salomatlik markazi shifokorlari Vafoqulova Dinara Ruzmetovna, Habibova Nilufar, Raxmatova Shoxistalar shuningdek.  Sattepo mahalla xotin-qizlar faoli N. O‘roqova, mahalla yoshlar yetakchisi M. Qushboqova hamda mahalla nuroniy onaxonlari va texnikum iqtidorli o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi.

         Mahalla yetakchilari va nuroniy onaxonlari ham o‘z so‘zlarida qizlarni ilmli bo‘lishi nafaqat o‘zlari balki jamiyat uchun ham g‘oyat foydali ekanligini takidlab o‘tishdi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram 

 

Mening huquqim mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

05-02-2024

         Yoshlarning huquqiy ongi hamda madaniyatini yanada yuksaltirish hamda ularning huquqlarini tushuntirish maqsadida yuridik texnikumida "Mening huquqim" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

         Davra suhbatida direktoning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Zubaydullayevich yangi tahrirda qabul qilingan konstitusiyada ayni mavzuda  zikr etilgan normalar haqida ma'lumot va tushunchalar berib o‘tdi.

         Davra suhbati savol-javob  bahs-munozaralar bilan yanada qiziqarli tus oldi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг