Tadbirlar
Yoshlar va spiker uchrashuvi tavsilotlari haqida.

Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" Turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Qonunchilik palatasining Spikeri bilan yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Husan Tuxtayev hamda viloyatning faol yoshlari, talabalar, Yoshlar parlamenti a'zolari qatori Samarqand viloyati yuridik texnikumi faol o‘quvchilari ham ishtirok etdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Idrok" intellektual o‘yinlarining respublika boshqichiga start berildi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Yuridik texnikumda O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Mening konstitusiyam" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi o‘rinlarni egalladi:
1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida
1-o‘rin Abduhamidova Dilnoza 102-guruh
2-o‘rin Jumayev Firdavs 103-guruh
3-o‘rin Yusupova Xurshidabonu 104-guruh
2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida
1-o‘rin Sobirov Ulug‘bek 202-guruh
2-o‘rin Nazarov Zafar 205-guruh
3-o‘rin Shomurodov Sardor 205-guruh
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yuridik texnikumida plakatlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bugun yuridik texnikumida “Konstitusiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi! mavzusi doirasida plakatlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha guruh vakillari faol ishtirok etishdi. Plakatda aks ettirilgan surat hamda unga berilgan ta'riflarga qo‘yilgan baholar natijasiga ko‘ra,
1-o‘rinni 202-guruh
2-o‘rinni 203-guruh
3-o‘rinni 201-guruh qo‘lga kiritdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yangi tahrirdagi Konstitusiya - 10 ta o‘zgarish !

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Samarqand filialida Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Maxsus fan" o‘qituvchisi Ergashev Yo‘ldosh hamda texnikumning faol o‘quvchilari tomonidan mazkur mavzuda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Konstitusiya kuni arafasida Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar, uning davlat-siyosiy hayotidagi ahamiyati, inson haq-huquqlarini himoya qilish, jamiyat va yurt taraqqiyotidagi o‘rni va roli, o‘ziga xos jihatlari haqida ma'lumot berildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram