Tadbirlar
TDYU da "O‘zbekiston Street Law Akaddmiyasi" bo‘lib o‘tda
Ushbu akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuridik texnikumlar, TDYUning loyiha kordinatorlari hamda faol volontyorlari ishtirok etida.
Akademiyada Samarqand viloyat yuridik texnikumining loyiha kordinatori J.Otaqulov, volontyor-o‘qituvchi N. Ismoilova, volontyor-o‘quvchi S. Ulmasovalar ishtirok etida.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi Street Law loyihasi faol a'zolarini bir joyga jamlab ularning tajribalarini oshirish, ularga chet el tajribasini o‘rgatish hamda ularning loyihaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT tomonidan tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-treningni Truman Boden universiteti professori, "Street law" bo‘yicha maslahatchi, huquqshunos Andrew Perkins olib bordi.
Mashg‘ulot davomida yuridik texnikumda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga dars o‘tish mahorati va baholash mezonlarini turli hil usullar orqali o‘rgatib borishga e'tibor qaratildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Advokatlar boshqarmasidagi "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tafsilotlari haqida.
Advokatlar palatasi Samarqand hududiy boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari hamda o‘qituvchi-xodimlari J.Otaqulov, J.Fayziyev, M.Ravshanov, R.Shodiyev, G.Mamanazarova, N.Ismoyilova, M.Xudoyberdiyevalar ham ishtirok etdi.
Tadbirda "Yil advokati-2022" Respublika tanlovi g‘olibi Zafar Tuxtashov ishtirok etib o‘quvchilarga advokatura sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shunihdek, texnikum o‘quvchilari boshqarma faoliyati hamda yutuqlari bilan keng tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va atroflicha javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Huquqiy targ‘ibotlar ishlari
Samarqand viloyati yuridik texnikumi pedagog xodimlari joylarga chiqib targ‘ibot ishlarini amalga oshirishmoqda.
Xususan, joriy yilning 24-may kuni texnikum o‘qituvchi-xodimalari N.Axatova, N.Daniyarova, M.Xudoyberdiyeva, M.Baxronova, Sh. Abduvaliyeva, K.Raxmatullayeva Samarqand shahri, Ishtixon va Oqdaryo tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Respublika yuridik texnikumlari to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, Samarqand viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish tartibi tushuntirildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida 1-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari tanishtiruv amaliyotini, 2-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari malakaviy amaliyotida
Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 1-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari tanishtiruv amaliyotini, 2-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari malakaviy amaliyotini o‘tash uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkiloti va idoralariga yuborildi.
Yuridik texnikum o‘quvchilari o‘quv yili mobaynida ustozlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, o‘z tanlagan sohasi bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish uchun tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq amaliyotni olib bormoqda.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram