“Targ‘ibot poyezdi” yuridik texnikumida
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda. Loyiha volontyorlari Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan targ‘ibot ishlarini olib borishdi.
Unda Konstitusiyani yangilash zarurati va xalq konstitusiyasining asosiy mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” g‘oyasining ahamiyati haqida ma'lumot berildi.
Targ‘ibot qizg‘in savol-javoblar bilan ham esda qolarli bo‘ldi. Yuridik texnikumi o‘quvchilari loyiha ishtirokchilariga bir qator qiziqarli savollar bilan yuzlanishdi. Targ‘ibot so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 30/11/2023 17:58; Просмотров: 134
Чоп этилган ва?т: 28/01/2025 00:29