Tadbirlar


"Davlat tilidan ish yuritish" fani doirasida ochiq dars tashkil etildi.

23-11-2023

      Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

Shu munosabat bilan yuridik texnikumida ajoyib yozuvchilarimizdan bir  O‘lmas Umarbekovning "Yoz yomg‘iri" asarida jinoyatlarni  ta'qib qilish va jazolash usullari mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars doirasida o‘quvchilar ikki jamoaga bo‘lingan holda kitobxonlik mahoratini ishga solishdi. Sog‘lom raqobat ostida tashkil etilgan bu bellashuv pirovordida "Yoz yomg‘iri" asari ma'no mazmunini chuqur anglash va asardan o‘zlari uchun ijobiy hulosalar  chiqarish va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish edi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Bayrog‘im faxrim!

17-11-2023

         Samarqand viloyati yuridik texnikumida bugun O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

         Tadbir davomida ishtirokchilar bayrog‘imiz madh etilgan she'rlardan ijro etishdi,  qiziqarli viktarinalar tashkil etildi, bundan tashqari bayrog‘imiz haqida qiziqarli ma'lumotlar ham yig‘ilganlar etiboriga havola etildi. Bir-biridan ajoyib taronalar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

         Tadbirda "QOPLON" harbiy sport maktabi kursantlari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.  Yosh askarlarning namunaviy ko‘rinishlari yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Samarqand viloyati adliya boshqarmasida davra suhbati tashkil etildi.

15-11-2023

         O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 31 yilligi hamda saylov to‘g‘risidagi Konstitusiyaviy qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra-suhbatida  yuridik texnikum o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

         Unda Markaziy Saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Teshayev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev hamda Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Majburiy ijro byurosida yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Mahorat darsi” tashkil etildi.

14-11-2023

        Mahorat darsi doirasida, yuridik texnikumi 205-guruh o‘quvchilari tizimda olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan  bilan batafsil tanishtirdi. Bundan tashqari o‘quvchilarga byuro xodimlari o‘z ish xonalaridan turib ish jarayonlarida o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatini ham yaratib berishdi.

         Shu bilan birga o‘quvchilar va Majburiy ijro byurosi Samarqand  viloyati boshqarmasi katta inspektori 2 darajali yurist Sherboyev Jaloliddin Raxmonberdiyevich bilan ham uchrashuv tashkil etildi, unda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

"IDROK" intellektual o‘yini yuridik texnikum yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

08-11-2023

         Samarqand viloyati yuridik texnikumida  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "IDROK" intellektual o‘yinining texnikum bosqichi bo‘lib o‘tdi.

         Unda texnikum o‘quvchilaridan tashkil topgan “Dinamo”, “Intellekt”, “Adolat”,  "Lawert", "Kredo", “Prokuror”, “Liderlar”, “Yuristlar”, "Justice", "Femida" hamda "Kreative" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. G‘oliblik uchun  qo‘shimcha savol javoblar murosasiz ko‘rinish oldi va yakunda "LIDERLAR" jamoasi g‘alaba qozondi.

         "IDROK" intellektual o‘yini yuridik texnikum bosqichida g‘alaba qozongan "LIDERLAR" jamoasini tabriklaymiz !

          Mazkur jamoa Respublika bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг