Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Samarqand viloyati yuridik texnikumiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berganimizdek, Bugun Samarqand viloyati yuridik texnikumida 2020/2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziligi boshlandi. .test sinovlari har bir 

5 oktyabr kuni 2 smenada (1-smena soat 09.00 dan 12.00 ga qadar, 2-smena soat 14.00 dan 17.00 ga qadar) o‘tkaziladi.

1-smenada 540 nafar abituriyentlar qatnashish istagini bildirgan. Test sinovlarini to‘liq shaffof hamda adolatli o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida jami 10 dona videokamera, 40 nafar nazoratchilar hamda  Davlat test markazining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

 Shuningdek, sinovlar pandemiya sharoitini inobatga olgan holda har bir abituriyentga qo‘lqop, maska taqdim etilib, antiseptik vositalar bilan dizenfeksiya qilindi.        

Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omad tilaymiz!


Дата добавления: 05/10/2020 15:44;   Просмотров: 701
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/events/samarqand-viloyati-yuridik-texnikumiga-kirish-test-sinovlari-bolib-otdi
Чоп этилган ва?т: 22/02/2025 18:18

Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг