
1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 29 sentyabrdagi 465-sonli buyrug‘iga asosan 1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan, shuningdek malakalai huquqshunos kadrlarni tayyorlash ishidagi alohida hissasi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Samarqand viloyat yuridik texnikumi o‘qituvchisi Daniyarova Nilufar Dustmurodovna O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Faxriy yorlig‘i” va bayram sovg‘asi bilan taqdirlandi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Daniyarova Nilufar Dustmurodovnani ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etgan holda uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Дата добавления: 02/10/2020 10:59; Просмотров: 1255
Чоп этилган ва?т: 30/04/2025 10:36