Tadbirlar
"Saylovlarda ishtirok etish tartibi. Deputatlikka nomzodlarning huquq va majburiyatlari, ishonchli vakillar, saylovoldi tashviqoti" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yuridik kolleji 304-guruh (D.Raximova) "Ma'naviyat soati" doirasida xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga nomzod D.Normurodova ishtirokida "Saylovlarda ishtirok etish tartibi. Deputatlikka nomzodlarning huquq va majburiyatlari, ishonchli vakillar, saylovoldi tashviqoti" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari ishtirokida ochiq davra-suhbati o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yuridik kollejida "Aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy muhofaza yordamini tashkil etish" fanidan (Sh.Isoqova) nazariy bilimlarni amaliy mustahkamlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari (I.Xolmonov, F.Abrayev) ishtirokida ochiq davra-suhbati o‘tkazildi.
"Mehnat huquqi" fani o‘qituvchisi F.Berdiqulova tomonidan "Mehnat shartnomasini o‘zgartirish" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yuridik kolleji "Mehnat huquqi" fani o‘qituvchisi F.Berdiqulova tomonidan "Mehnat shartnomasini o‘zgartirish" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Darsda "Issiq kartoshka", "Klaster" hamda "Everest cho‘qqisi" kabi yangi pedagogik texnologiyalardan foylanildi. Shuningdek, o‘quvchilar fanga oid turli kazus svolllarni mahorat bilan ishladi.
"Mening bag‘rikeng dunyoyim" mavzusida rasmlar va chizmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Samarqand viloyati yuridik kollejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xatiga muvofiq “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar doirasida "Mening bag‘rikeng dunyoyim" mavzusida rasmlar va chizmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Samarqand viloyati yuridik kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Adolat va qonun – xalq farovonligi ko‘zgusidir” shiori ostida "Adolat posbonlari", "Qalqon" hamda "Yosh mediklar" jamolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni adliya boshqarmasi boshlig‘i - yuridik kolleji direktori S.Nuriyev kirish so‘zi bilan ochib berib, kollejning barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarini bayram bilan tabrikladi. Tanlovda "Qalqon" jamoasi 1-o‘rinni, "Yosh mediklar" jamoasi 2-o‘rinni, "Adolat posbonlari" jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari ham tantanali ravishda o‘qib eshittirildi.