“Texnikumda ta'lim berish istiqbollari va muammolari” mavzusida seminar – trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish, texnikum o‘qituvchilariga zamonaviy ta'lim berish metodlari va yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va uslubchilari tomonidan joriy yilning 30 noyabr kuni soat 16:00 da texnikum binosida “Texnikumda ta'lim berish istiqbollari va muammolari” mavzusida seminar – trening onlayn (ZOOM) tartibida o‘tkazildi.
Ishtirok etuvchilar:
Samarqand viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi bosh metodisti M.Boliyev, SamDU o‘qituvchilari dotset A.G‘ulomov, M.Qo‘ldoshev, professor F.Shodmonov.
Seminar – treningda texnikum o‘qituvchilariga ta'lim berish istiqbollari va muammolari bo‘yicha keng ma'lumot berildi.
Ta'limda zamonaviy yondashuvlar, dars o‘tishning kredit-modul tizimiga o‘tilishi va uning qulay tomonlari xaqida tushunchalar berildi.
Samarqand viloyat yuridik texnikumi
O‘quv-metodik bo‘limi
Дата добавления: 01/12/2020 10:52; Просмотров: 716
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 15:50