YURIDIK TEXNIKUMDA "ADOLAT QANOTLARI" KLUBINING NAVBATDAGI SEMINAR-MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI.
Samarqand viloyati yuridik texnikumining 25 nafar eng faol va tashabbuskor o‘quvchilaridan iborat "Adolat qanotlari" klubining navbatdagi seminar-mashg‘uloti "Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish" hamda "Yoshlarda korrupsiyaga toqatsizlik ruhiyatini singdirish" masalalariga bag‘ishlandi.
Eslatib o‘tamiz klub a'zolari uchun seminar-mashg‘ulotlar har hafta payshanba kuni soat 11-30 da yuridik texnikumning "Ma'naviyat va ma'rifat xonasi"da o‘tkaziladi.
Trening ishtirokchilari hududdagi aholiga huquqiy ong va madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlariga taklif etiladi. Klub seminarlariga texnikum o‘quvchilarini taklif qilamiz.
Дата добавления: 17/04/2021 22:18; Просмотров: 584
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 11:02