Tadbirlar
STREET LAW LOYIHASI!
Samarqand viloyati yuridik texnikumi “ STREET LAW ” loyihasi a'zolari Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashib, ko‘cha huquqiga oid navbatdagi targ‘ibot ishlarini amalga oshirdi.
Bu safargi targ‘ibot loyihasi “Jamiyatda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik hamda uni oldini olish” masalalalariga qaratildi.
Targ‘bot tadbirlari davomida eng faol qatnashgan o‘quvchi-yoshlarga estalik sovg‘alari taqdim etildi.
YURIDIK UNIVERSITET BILAN O‘ZARO HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA.
Samarqand viloyati yuridik texnikumiga Toshkent davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Ro‘zinazarov Shuxrat Nuraliyevich hamda Narzullayev Olim Xolmamatovich tashrif buyurib, texnikum o‘qituvchi-xodimlariga o‘qitishning yangi pedagogik texnoligiyalari bo‘yicha master-klass darslarini o‘tkazdi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarining tashkiliy-huquqiy asoslariga oid yangiliklar ham yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.
Jinoyat huquqi fani doirasida “Mahorat darslari” o‘tkazildi.
X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi Samarqand viloyati bo‘limi binosida Samarqand viloyati yuridik texnikumi “Jinoyat huquqi” fani bo‘yicha navbatdagi "Mahorat darslari" o‘tkazildi.
Mahorat darsida bo‘limning tegishli ekspertlari tomonidan oq'uvchilarga soxa faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng tanishtirdi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami nishonlandi.
Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R. Davletovning o‘qituvchilarga yo‘llagan tabrigi texnikum direktori O. Toshniyozov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Bayram munosabati bilan texnikum kafedra mudirlari Qo‘ldoshev Muhammad hamda G‘ulomov Akmallarga yuridik kadrlarni tayyorlash va yuridik fanni rivojlantirishda samarali mehnati uchun Adliya vazirligining faxriy yorliqlari taqdim etildi.
Shundan so‘ng, texnikum rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan faol ustozlarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar bilan davom ettirildi.
1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tabrik so‘zi yo‘lladi.