Tadbirlar
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz !

Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida o‘quvchilar o‘rtasida davra-suhbati o‘tkazildi.
Unda direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov, texnikum psixologi N.Ismoyilova, yoshlar bilan ishlash bo'limi uslubchisi J.Fayziyev hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga bolalar huquqlari, ularga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
MINI-FUTBOL SPORT TO‘GARAGI FAOLIYATI DAVOM ETTIRILMOQDA !

Texnikumda o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda sportga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari uchun "Mini-futbol" sport to‘garagi tashkil etildi.
Barcha o‘quvchilarni mazkur to‘garakka taklif etamiz !
To‘garak haftaning dushanba va chorshanba kunlari texnikum sport zalida o‘tkaziladi.
To‘garak rahbari: Otaqulov Jamshid.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
" Street Law " loyihasi davom ettirilmoqda !

Samarqand viloyati yuridik texnikumi yoshlar yetakchisi J.Fayziyev boshchiligida "Street Law" loyihasi a'zolari U.Sobirov, S.Ulmasova, D.Dustmurodov, S.Ergashevalar Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.
"Street Law" loyihasining bu galgi treningi “Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari hamda ularni oldini olish” mavzusiga qaratildi.
Loyiha mashg‘uloti davomida o‘quvchilar huquqiy bilimi va madaniyati yanada oshirildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Ayni paytda Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Davlat huquq nazariyasi" hamda "Jinoyat huquqi" fanlaridan Respublika olimpiadasi tanlovi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz fan olimpiadalari 2-bosqichda o‘tkazilib ishtirokchilar 1-turda 2 ta savoldan iborat yozma ish hamda 2-turda 25 ta savoldan iborat test sinovlarida bahslashadi.
Yuridik texnikumda "ZAKOVAT" 6-tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi !

Samarqand viloyati yuridik texnikumida ham "Zakovat" intellektual o‘yini klubi tashkil etilgan.
Unda texnikumning barcha bosqichdagi 9 ta guruh o‘quvchilar jamoasi har hafta o‘zaro kuch sinashadi.
2-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi turda 102-guruh 7-ochko jamg‘argan holda tur g‘olibiga aylandi. Bu bilan jamoa umumiy retingda ikkinchi o‘rinda borayotgan 202-guruhni ortda qoldirib 5-tur yakunlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. 201-guruh bu turda ham peshqadamlikni saqlab qoldi. 6-ta turdan keyin musobaqa jadvalnii yuqori uchligi quydagicha ko‘rinish oldi.
- 201-guruh 41-ochko
- 102-guruh 39-ochko
- 202-guruh 38-ochko
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram