Tadbirlar


Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida "Jinoyat, fuqarolik sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

01-12-2022

         4 ta mintaqada birlashgan yuridik texnikumlarning jamoalari qura tashlash yo‘li bilan Fuqarolik ishlari hamda  Jinoyat  ishlari  bo‘yicha bahslarga kirishdi.

         Ikkinchi mintaqa – Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud protsessi:

Navoiy  viloyati yuridik texnikumi jamoasi;

Qashqadaryo  viloyati yuridik texnikumi jamoasi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud protsessi:

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi jamoasi

Samarqand viloyati yuridik texnikumi jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

         Mintaqa bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar tanlov komissiyasi xulosasiga ko‘ra respublika bosqichida bahslarga kirishadi. Jamoamizga omad va zafarlar tilaymiz !

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 

 

“Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha na'munaviy sud protsessi” tanlovining mintaqa bosqichi start oldi.

30-11-2022

         Ikkinchi mintaqa  – Samarqand viloyati yuridik texnikumida jarayonlar qizg‘in kechmoqda.

         Mazkur mintaqada Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari sud protsesslarini olib bormoqda.

 Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Psixolog tashabbusi bilan «Hayot go‘zal. Men hayotdan zavqlanaman !» mavzusida aksiya o‘tkazildi.

25-11-2022

        Samarqand viloyat yuridik texnikumida texnikum psixologi Nafisa Ismoilova tashabbusi bilan «Hayot go‘zal. Men hayotdan zavqlanaman!» mavzusida aksiya o‘tkazildi.

         Aksiyani o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarda stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda hayotning go‘zalligini anglash, shukronalik tuyg‘ularini kamol toptirish, suitsidal holatlarga qarshi tarbiyalash bo‘lib, bunda texnikumning o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.

         Tadbir davomida Qoplonlar maktabi o'quvchilari o'z chiqishlarini namoyish etishdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram    

 

Texnikum o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha !

24-11-2022

         Prezidentimizning yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbuslaridan biri o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobonlikni keng targ‘ib qilish hisoblanadi. Shu maqsadda Samarqand viloyati yuridik texnikumi ARM xodimlari G.Isoqova, Sh.Boboyeva, yoshlar yetakchisi J.Fayziyev hamda texnikumning 1-bosqich o‘quvchilari Samarqand shahridagi Pushkinskiy nomidagi Markaziy kutubxonaga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, adabiyotlar fondini ko‘zdan kechirdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

"IDROK" intellektual o‘yini birinchi bosqichi yakunlandi !

23-11-2022

         "IDROK" intellektual o‘yini yuridik texnikum bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda yurtimizda iqtidorli va ilmga chanqoq, fidoyi talabalar o‘rtasida bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini rag‘batlantirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati yuridik texnikumida  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "IDROK" intellektual o‘yinining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda texnikum o‘quvchilaridan tashkil topgan “Justice”, “Universal”, “Yosh yuristlar”,  "Femida", "Koinot", “Aristokratlar”, “Everest”, “Adolat” hamda "Haqiqat" jamoalari qizg‘in va muzokaralarga boy tarzda o‘zaro kuch sinashdilar. Xolis va samimiy ruhda o‘tkazilgan mazkur bellashuv yakuniga ko‘ra "Adolat" jamoasi g‘olib deb topildi. azkur jamoa Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib texnikum rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг