Majburiy ijro byurosida yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati majburiy ijro byuro boshlig‘i Sur'at Jabborov ishtirok etib, o‘quvchilarni tizimda olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.
Jumladan, o‘quvchilarga MIB portal tizimi, byuroning majlislar zali, davlat ijrochilari ish joylari, devonxona, byuro rahbarlari xonasi hamda fuqarolar qabul xonalari tanishtirildi.
Tadbir so‘ngida byuro xodimlari hamda o‘quvchilar ishtirokida ochiq suhbat o‘tkazilib, bo‘lajak huquqshunoslarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 14/09/2023 18:11; Просмотров: 184
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 21:52