Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumida Konstitusiya targ‘iboti !

28-11-2024

      Samarqand viloyati yuridik texnikumi hamda Samarqand shahar 14-son IDUM hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya - erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda yuridik texnikum xodimlari F.Berdiqulova, J.Fayziyev hamda yuridik texnikumning “Adliya-yoshlarga ko‘makdosh” klubi a'zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida targ‘ibotchilar o‘quvchi-yoshlarga Yangilangan Konstitusiyamizning mazmun-mohiyati, jamiyat hamda fuqarolar hayotidagi ahamiyati haqida batafsi tushuntirishlar berdi.

 Targ‘ibot tadbirlari davom etadi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram 

 

“Yoshlar korrupsiyaga qarshi”

20-11-2024

Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi”  mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram 

 

“Korrupsiyaga yo‘q deylik” va “Yoshlar korrupsiyaga qarshi”

19-11-2024

      Samarqand viloyati yuridik texnikumida yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga yo‘q deylik” va “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiorlari ostida fleshmoblar aksiyalarini o‘tkazildi

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”

25-09-2024

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Sattarov Salohiddin Ulug‘bekovich yuridik akademik litsey va texnikum o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarga yuridik kasbning o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari hamda uning mas'uliyati haqida tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlari va imtiyozlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan iqtidorli o‘quvchilarga  esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Yuridik texnikumida davra suhbati o‘tkazildi

27-05-2024

        Samarqand viloyati yuridik texnikumi kichik majlislar zalida "Yangi O‘zbekiston - yangi sud" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

         Unda Samarqand viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati sudyalari Kurbanov Tuyg‘un, Abjalov Orif, Temirov Otabeklar, shuningdek, Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etishdi.

         Davra suhbatida mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotgani, olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqgani alohida takitlab o‘tildi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram 

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг