Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Ochiq eshiklar" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahridagi 55-umumta'lim maktabi bitiruvchilari yuridik texnikumiga tashrif buyurib, bu yerdagi mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
"Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari" J.Otaqulov yosh mehmonlarni kutib olib, ularga texnikumning diqqatga sazovor joylari va texnikumga o‘qishga kirish tartibi hamda o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Shuningdek maktab bitiruvchilari bevosita texnikumning "Sport zali", "Sud zali" va "ARM" (Axborot resurs markazida) ham bo‘lishdi
Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi, ushbu ekskursiya maktab bitiruvchilarda yuqori taassurot qoldirdi hamda ularni huquqga qiziqishini yanada oshirdi
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 25/01/2024 08:54; Просмотров: 192
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 09:57