Tadbirlar


“Hayotidan mamnun voyaga yetayotgan farzand jinoyatga qo‘l urmaydi” davra-suhbati o‘tkazildi

30-11-2019

Samarqand viloyati yuridik kollejida “Hayotidan mamnun voyaga yetayotgan farzand jinoyatga qo‘l urmaydi” mavzusida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularning profilaktikasiga bag‘ishlangan davra-suhbati o‘tkazildi. Unda Xo‘ja Abdumo‘min Jome' Masjidi bosh imom xatibi Jahongir Xo‘ja Xotamov, Samarqand shahar 2-son IIB profilaktika katta inspektori Elyor Samandarov hamda kollej rahbar-xodimlari hamda 150 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan guruhlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

29-11-2019

Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘qituvchisi D.Raximova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan guruhlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Unda 302-guruh (F.Sodiqov), 304-guruh (D.Raximova), 305-guruh (A.Xakimov), 307A-guruh (F.Allayorov) hamda 314-guruh (N.Alqarov) o‘quvchilari ishtirok etdi. Yakunda 302-guruh o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lgan kiritdi.

 

"Til o‘rgatish" kafedrasi tomonidan tadbir o‘tkazildi

29-11-2019

Samarqand viloyati yuridik kolleji "Til o‘rgatish" kafedrasi (D.Soyipova, D.Xudoyberdiyeva, F.Tursunova) tomonidan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari bo‘yicha  "Milliy qo‘shiq va raqslar" festivali o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar o‘zlarining teatr, raqs, she'riyat hamda qo‘shiqchilik iqtidorlarini yig‘ilganlar e'tiboriga namoyish qildi.

 

"Yosh saylovchi - 2019" mavzusidagi forumni tashkil etildi

29-11-2019

Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘quvchilari 2019 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan saylov jarayonlarida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Yosh saylovchi - 2019" mavzusidagi forumni tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etdi hamda bir qator tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

“Kitob o‘qishning afzalliklari hamda jixatlari”

08-11-2019

2019 yil 8 noyabr sanasida Samarqand viloyat yuridik kolleji faol o‘quvchilari, boshqaruv xodimlari hamda pedagoklar ishtirokida “Kitob o‘qishning afzalliklari hamda jixatlari” mavzusida davra-suhbati o‘tkazildi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг