Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

"Mohir qo‘llar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

5 ta muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish amalda. Bugun Samarqand viloyati yuridik kollejida "Orasta qizlar" to‘garagi a'zolari, kollejning iqtidorli o‘quvchi-qizlari hamda san'atning zardo‘zlik sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida "Mohir qo‘llar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda kollejning 3-bosqichdagi jami 24 chevar, iqtidorli qizlar o‘z mahoratlarini namoyish qildi. Tadbirda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Toshniyozov hamda direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov ishtirok etib, o‘quvchilarning mahoratlariga yuqori baho berdi. Tadbir kollej xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Tosheva, yoshlar bilan ishlash bo‘limi (I.Kuchimov, F.Sodiqov) hamda monitoring va ichki nazorat bo‘limi G.Mamanazarovalar tomonidan tashkil etildi.


Дата добавления: 05/03/2020 16:48;   Просмотров: 1744
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/events/mohir-qollar-korik-tanlovi-otkazildi
Чоп этилган ва?т: 22/02/2025 17:58

Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг