Tadbirlar


MIB faxriysi bilan uchrashuv

17-11-2021

Samarqand yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yiliggi munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Tadbirda majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasida samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan jomboylik taniqli huquqshunos, mehnat faxriysi Mamayusuf Xidirov bilan yosh xodimlar hamda o‘quvchilar muloqot qildi.

1986-yilda o‘qishni tugatib, sud ijrochisi sifatida ish boshladim, – deydi M.Xidirov. – Bir sohada 32 yil uzluksiz ishlab, nafaqaga chiqdim. O‘tgan yillardan olgan eng muhim xulosam shuki, fidoyilik, halollik kasbimizda bosh mezon ekan. Shu ikki jihatni mahkam tutsangiz, albatta izzat topasiz.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar texnikum hududiga nihol qadadilar.

Bizni kuzatib boring @smslofficial 

 

"IDROK" intellektual o‘yini yuridik texnikum bosqichi yakunlandi !

16-11-2021

Bugungi kunda yurtimizda iqtidorli va ilmga chanqoq, fidoyi talabalar oʻrtasida bilim olishga boʻlgan intilishni yanada shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini ragʻbatlantirish dolzarb vazifalardan biridir.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyati yuridik texnikumida  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "IDROK" intellektual o‘yinining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda texnikum o‘quvchilaridan tashkil topgan “Maroqand”, “Samarkand stars”, “Turon”,  "Adolat", "Ishonch", “Haqiqat”, “Yexcellent”, “Intellekt” hamda "Adresat" jamoalari qizg‘in va muzokaralarga boy tarzda o‘zaro kuch sinashdilar.

 Xolis va samimiy ruhda o‘tkazilgan mazkur bellashuv yakuniga ko‘ra "Adresat" jamoasi g‘olib deb topildi.

Mazkur jamoa Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib texnikum rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring @smslofficial 

 

“Xotin qizlarni ish bilan ta'minlash” bo‘yicha navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

11-11-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhum tashabbusni amalga oshirish maqsadida  Samarqand viloyati yuridik texnikumining o‘quvchi qizlariga “Xotin qizlarni ish bilan ta'minlash” bo‘yicha  uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari- yuridik texnikum direktori O.Toshniyozov, manitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i G.Mamanazarova, yoshlar bo‘limi uslubchisi F.Sodiqov, Samarqand viloyati tadbirkor ayollar uyushmasi raisi F.Xonkeldiyeva, Kattaqo‘rg‘on tumani Kumush-tola X/K raisi M.Niyozova, Payariq tuman “Manzurabonu” xususiy bog‘cha mudirasi B.Tuganova, Oqdaryo tumani MTM raxbari F.Sharipova, Bibixonim nodavlat o‘quv muassasasi rahbari va tadbirkor ayol assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari D.Gafforova, Samarqand viloyat xotin qizlar markazi direktor o‘rinbosari N.Yusupova hamda texnikum o‘quvchi qizlari.

 

“Xotin qizlarni ish bilan ta'minlash” bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

10-11-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhum tashabbusni amalga oshirish maqsadida  Samarqand viloyati yuridik texnikumining o‘quvchi qizlariga “Xotin qizlarni ish bilan ta'minlash” bo‘yicha  uchrashuv o‘tkazildiTadbirda Samarqand viloyat yuridik texnikum dekani D.Usmonov, texnikum manitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i G.Mamanazarova, Samarqand shahar Qishloq qurulish bank hodimlari D.Mirzayev, E.Hubbimov, texnikum yoshlar bo‘limi uslubchisi F.Sodiqov,  hamda texnikumnbng 201,203-guruh o‘quvchilari qizlari.

 

Texnikum psixologining navbatdagi seminari.

27-10-2021

Texnikumda 27- oktabr kuni psixologik xizmat ishlarini olib borishda pedagogik jamoa bilan hamkorlik qilish bo‘yicha guruh rahbarlari bilan seminar tashkil qilindi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг