YOSHLAR SAYLOVGA TAYYORMISIZ ?
2021 yil 8 sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar universiteti hamda Samarqand viloyati yuridik texnikumi hamkorligida saylovlarda ilk bor ovoz beradigan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekiston - uchinchi Renessans sari ! shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy islohatlarda yoshlarning alohida o‘rni alohida ta'kidlandi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati yuridik texnikumi “Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi ergashev Yo‘ldosh talaba yoshlarga Saylov kodeksi va ovoz berish tartibi haqidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lib, faol talaba yoshlarga estalik sovg‘alari topshirildi.
Дата добавления: 08/09/2021 13:57; Просмотров: 473
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 10:05