Tadbirlar
Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz !

Samarqand viloyati yuridik texnikumida 16-noyabr Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida davra-suhbati o‘tkazildi.
Unda direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘I G.Mamanazarova, texnikum psixologi N.Ismoyilova hamda ARM yetakchi mutaxassisi G.Isoqovalar o‘quvchilarga mavzuga oid o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, o‘quvchilar “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni” shiorlari ostida chelenjlarda ishtirok etishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi M.Ro‘ziyev, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi Sh.Tavbayev hamda adliya boshqarmasi muassasalari vakillari hakam sifatida ishtirok etishdi.
Natijalarga ko‘ra:
Jinoyat ishlari bo‘yicha:
1-o‘rin: YX-103-jamoa;
2-o‘rin: DHF-201-jamoa;
3-o‘rin: DHF-102-jamoa jamoalari g'olib deb topildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha:
1-orin : SHF-105-jamoa;
2-o‘rin: DHF-101-jamoa;
3-o‘rin: DHF-201-jamoalari go‘lib deb topildi.
Hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan to‘rt jamoa mintaqaviy bosqichda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
"Jadid tafakkuri" stipendiyasi tanlovining yuridik texnikum bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi !

2022-yil 26-oktabr kuni "Jadid tafakkuri" stipendiyasining Samarqand viloyat yuridik texnikumi bosqichi o‘tkazildi.
Unda yuridik texnikumda tahsil olayotgan jami 24 nafar iqtidorli o‘quvchilar 3 ta mavzuda esse yozishdi.
Tanlovning yakuni natijalari bugun soat 18-00 da elon qilinishi belgilangan.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
✍️"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" 2022-yil 20-oktabr kuni o‘tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra o‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida 2022-yil 20-oktabr kuni o‘tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar ...
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yuridik texnikumda "ZAKOVAT" klubi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda !

Bugungi kunda yurtimizda iqtidorli va ilmga chanqoq, fidoyi talabalar o‘rtasida bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Shu qatori Samarqand viloyati yuridik texnikumida ham "Zakovat" intellektual o‘yini klubi tashkil etilgan.
Unda texnikumning barcha bosqichdagi 8 ta guruh o‘quvchilar jamoasi har hafta o‘zaro kuch sinashadi.
Xolis va samimiy ruhda o‘tkazilgan
3-tur natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin-201,202,203-guruh;
2-o‘rin-102,103,106-guruh;
2-o‘rin-101,105-guruh;
3-o‘rin-104-guruh;
O‘yinlar haftaning har juma kuni o‘tkaziladi. Mazkur jamoalarning kelgusidagi musobaqalarda ham zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram