Prokurorlar bilan "Mahorat darsi" tashkil etildi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi kichik majlislar zalida Samarqand shahar prokurori yordamchilari Xondamir Gulmurodov, va Shoxrux Abduboqiyevlar yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun "Mahorat darsi" tashkil etishdi.
Mahorat darsi avvalida "Javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi, turlari” haqida qisqacha ma'lumot berildi. Shundan so‘ng soha vakillari Xondamir Gulmurodov va Shoxrux Abduboqiyevlar o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga Jinoyat kodeksi va Jinoyat Protsessul kodeksida belgilangan normalarni amaliyot bilan bog‘lagan holda javob berishdi.
Mahorat darsi savol-javoblar asosida, qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 01/11/2023 11:47; Просмотров: 150
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 22:03