
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Samarqand viloyati yuridik kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Adolat va qonun – xalq farovonligi ko‘zgusidir” shiori ostida "Adolat posbonlari", "Qalqon" hamda "Yosh mediklar" jamolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni adliya boshqarmasi boshlig‘i - yuridik kolleji direktori S.Nuriyev kirish so‘zi bilan ochib berib, kollejning barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarini bayram bilan tabrikladi. Tanlovda "Qalqon" jamoasi 1-o‘rinni, "Yosh mediklar" jamoasi 2-o‘rinni, "Adolat posbonlari" jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari ham tantanali ravishda o‘qib eshittirildi.
Дата добавления: 03/12/2019 16:07; Просмотров: 1011
Чоп этилган ва?т: 30/04/2025 07:27